Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 5ta mashinaga o‘g‘irlikka tushgan to‘rt nafar o‘smir sudda javob beradi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Muqaddam sudlangan 23 yoshli E.B. tanishlari, 22 yoshli F.M., 23 yoshli M.K. va O.T. bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yilning 27 iyun kunidan 5 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tungi vaqtda Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida 5 nafar fuqaroning turli rusumdagi avtomashinalari old eshiklarini bir xil usulda buzib ochishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular avtomashina ichidagi narsa-buyum va naqd pullarni talon-toroj qilib, jami 12.410.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar protsessual tartibda ushlanib, ulardan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, E.B., F.M., M.K. va O.T. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib. “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026