Yoshlar huquqlari bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasi ishlab chiqildi
Yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-forumi o‘z ishini yakunladi.
11-12 avgust kunlari o‘tkazilgan forumning yakuniy sessiyalarida xalqaro ekspertlar tomonidan yoshlarga inson huquqlarini o‘qitish, siyosiy maydonda ularning o‘rnini oshirish haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, forum oxirida ekspertlar tomonidan Yoshlar huquqlari bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov forum haqida umumiy xulosalarini bayon etdi.
«2 kunlik forumda 1065 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ularning 40 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Yuqorida ekspertlar va yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganib chiqiladi va umumlashtirilib, Samarqand rezolyutsiyasi ishlab chiqiladi va keng jamoatchilik tomonidan tanishib chiqilishi uchun asianforum.uz saytiga joylashtiramiz.
Ijtimoiy tarmoqda bizni 1500dan ortiq kuzatuvchi tomosha qildi. Jami 90dan ortiq ma'ruzalar tinglandi. Konvensiya loyihasi bo‘yicha takliflar soni 150tadan oshdi», – dedi Saidov.
Anjumanning uchinchi yalpi majlisida yoshlar uchun inson huquqlari bo‘yicha ta'lim masalalari muhokama qilindi. Xalqaro ekspertlar o‘z mamlakatlarida yoshlarga oid siyosat qay darajada olib borilayotgani xususida gapirishdi.
Ishtirokchilar yoshlarga inson huquqlari sohasida ta'lim berish bo‘yicha xalqaro tajribani tahlil qildilar. Munozaralar asnosida dunyo yoshlarining inson huquqlari borasidagi savodxonligini oshirish zarurligi ta'kidlandi. Ayni yo‘nalishda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasining maqsadi – dunyo bo‘yicha yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, yoshlarning eng maqbul qiziqishlari, erkinliklari va huquqlari kafolati hamda salohiyatini mustahkamlash uchun xalqaro, mintaqaviy va milliy darajadagi sa'y-harakatlarni kuchaytirishdan iborat.
Mavzuga oid
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
21:12 / 17.10.2024