Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovga nisbatan yolğon axborot tarqatiş ayblovi bilan ma’muriy iş qözğatilgan edi.

Taşanovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, ma’muriy iş bugun, 1 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida körib çiqilib, ma’muriy huquqbuzarlik holati yöqligi uçun iş MJtKning 271-moddasi 1-qismiga köra tugatilgan.

Huquq faoli avvalroq Facebook ijtimoiy tarmoğida fuqaro Nozim Abdullayevga nisbatan qiynoqlar qöllanilgani haqida postlar yozgan.

“Bundan göyoki Davlat xavfsizlik xizmatining ikki nafar mulozimi jabr kördik, ya’ni bizning şa’nimiz, qadr-qimmatimiz kamsitildi, degan şikoyat bilan harbiy prokuraturaga murojaat qilgan. Harbiy prokuratura ma’muriy iş qözğatgan, bu iş sud tomonidan rad qilindi”, – deydi Abdurahmon Taşanov.