Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk mashinalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish uchun qo‘llangan nayranglar naf bermadi
Ma'lumki, 6 martdagi «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga binoan, 2022 yil 1 yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.
Bojxonachilar tomonidan aniqlangan navbatdagi holatlarda mazkur imtiyozni suiste'mol qilishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan «Chuqursoy» TIF bojxona postida fuqaro Nurtayev nomiga xorijdan keltirilgan «KIA BONGO III» rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasining muzlatgichli yukxonasi eski va umuman ishlamasligi, yoqilg‘i quyish baki yangi o‘rnatilgani, dvigatel va yoqilg‘i baki bir-biriga umuman ulanmagani, hujjatlarda avtotransport dizelda harakatlanishishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, undagi dvigatel benzin va gazda harakatlanishi aniqlandi.
Bojxona ko‘rigi davomida ma'lum bo‘lishicha. Fuqaro Nurtayev bojxona organlariga noto‘g‘ri ma'lumotlarni taqdim etish orqali salkam 230 mln. so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ko‘zlagan.
Holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.
Shu kabi holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan ham fosh etildi.
«To‘rtko‘l» TIF bojxona postida tumandagi MChJlardan birining nomiga keltirilgan 3ta «Howo» rusumli yuk avtotransport vositalari ekspert-kriminalistika tekshiruvlaridan o‘tkazilganida, ushbu yuk mashinalari hujjatlarda ko‘rsatilganidek, 2019 yilda emas, balki 2014-2015 yillarda ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘rtacha bozor narxi 1 mlrd. 345 mln so‘mni tashkil qiluvchi mazkur transport vositalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi hamda ularga nisbatan salkam 650 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Holat yuzasidan fuqarolar Narbayev va Allabergenovlarga nisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi «uddaburonlik» ham shu mavzuga doir.
Xorijdan olib kelingan «HYUNDAI PORTER II» avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida «uddaburon tadbirkor» 324,3 million so‘mlik bojxona imtiyozlariga ega bo‘lish uchun ancha «ter to‘kkani» aniqlandi.
Hujjatlarda muzlatgichli yukxonaga ega transport vositasi sifatida qayd etilgan mazkur avtomashinaning refrijyerator eshiklari aslida singan va eski holatda ekani, ustki qoplamalari zanglagani hamda muzlatgich motori ham eski ekani ma'lum bo‘ldi.
Ushbu avtotransport vositasi ham qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025