Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti xarajatlari maqbullashtiriladi. Maqsad - koronavirusga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish
2020 yildagi O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish mo‘ljallanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish maqsadida 2020 yildagi O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3-razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini 2021 yilning 1 yanvariga qadar to‘xtatib turish;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini maqbullashtirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlarni maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.



O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi xarajatlar:
2020 yilga qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘larni;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman budjetlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 100 mlrd. so‘mini;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan 100 mlrd. so‘m mablag‘dan 50 mlrd. so‘m maqbullashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi 232-sonli “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
Maqbullashtirilgan mablag‘lar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlaridan maqbullashtirilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025