Koronavirusga qarşi vositalar, asosan vaksina işlab çiqilişiga kamida 100 mlrd dollar investitsiya talab etiladi. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus brifingda aytib ötdi. Uning ta'kidlaşiça, pandemiyaga qarşi kuraşda muvaffaqiyatga erişiş imkoniyatlarini oşiriş uçun köp miqdorda turli vaksinalar kerak böladi.
“Vaksinalar işlab çiqilişi uzoq davom etadigan, murakkab, xatarli va qimmat jarayondir. Ayni vaqtda aksariyat vaksinalar işlab çiqilişining erta bosqiçida hisoblanadi. Dunyo yeçimga erişişda maksimal imkoniyatga ega böliş uçun turli turdagi köplab nomzod vaksinalarga muhtoj”, deb aytgan JSST rahbari.
Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, bu vaksinalar yaratilganda, unga talab taklifdan köproqni taşkil qilişi muqarrar. Vaksina yetkazişdagi kim özarlik esa öz ortidan narxlarning kuçli oşişiga olib kelişi bilan xavf soladi. Şu sababli JSST rahbari dunyo hamjamiyatini sayyoramiz aholisini vaksinalar bilan ta'minlaşda birdamlikka çaqirdi.
Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, Xalqaro valuta jamğarmasining baholaşiça, pandemiya global iqtisodiyotga har oy 375 mlrd dollarga tuşmoqda, ikki yil davomida global iqtisodiyotning umumiy yöqotişlari esa 12 trln dollardan oşadi. Uning aytişiça, “Katta yigirmatalik” davlatlari pandemiya oqibatlarini yengib ötiş uçun “10 trln dollar safarbar qilgan”. Şu tariqa, dunyo pandemiyaning qisqa muddatli oqibatlariga qarşi kuraşga trillionlab dollar sarflab böldi. Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, bu global moliyaviy inqirozni yengib ötiş uçun talab qilingan xarajatlardan 3,5 martadan köproqni taşkil qiladi.
“Koronavirusning keyingi tölqini oqibatlariga yana 10 trln dollar sarflaşdan oldin dunyo yangi vositalar, ayniqsa yangi vaksinalarga 100 mlrd dollar sarflaşi zarur”, deb ta'kidlab ötgan JSST rahbari.
JSST boş direktorining katta maslahatçisi Bryus Eylvord brifingda taşkilotda Rossiyada koronavirusga qarşi işlab çiqilgan vaksinani katta kölamda qöllaşga tavsiya qiliş uçun u haqida yetarliça ma'lumot yöqligini aytgan. “Biz bu mahsulotning maqomini aniqlaş va u ötgan klinik sinovlar haqida qöşimça ma'lumot oliş uçun Rossiya bilan muhokamalar ötkazmoqdamiz”, deb ma'lum qilgan Eylvord.













