O‘zbekiston | 14:46 / 14.08.2020
4002
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda fan metodistlarining me'yoriy hujjatlari soni 24tadan 6tagacha qisqartirildi

2020-2021 o‘quv yilidan xalq ta'limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz bo‘lgan 4 ta uslubiy organlar faoliyati tugatildi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida tegishli buyruq qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan xalq ta'limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz bo‘lgan 4 ta uslubiy organlar faoliyati tugatildi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi uslubiy-boshqaruv organlar soni 3 tadan 2 taga kamaytirildi. Endilikda, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faqatgina fan metodbirlashmalari va pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi.

Umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalarning hujjatlari soni 6 dan 3 taga qisqartirildi.

Tizimdagi fan metodistlarining amaldagi 24 ta me'yoriy hujjatlari 6 taga tushirildi, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid