15:15 / 16.08.2020
19207

Foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi

Bugun, avgust oyining uchinchi yakshanbasida O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlanmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligidan xabar berishlarcha, kecha, 15 avgust kuni vazirlik rahbariyati vakillari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi mas'ul ofitserlari harbiy uchuvchilarni yod etish monumentiga tashrif buyurib, marhum uchuvchilar xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

«Tadbirda so‘z olganlar soha rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga navbatdagi harbiy unvonlar, Mudofaa vazirligining «Namunali xizmati uchun» ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Xonobod va Chirchiq aerodromlarida mahoratli uchuvchilar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot ham o‘tkazildi», – deyiladi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Ma'lumot uchun, 1995 yil 21 iyuldagi prezident farmoni bilan, avgust oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni etib belgilangan, o‘sha yil 31 avgustida bu haqda qonun qabul qilingan.

Top