Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Belarusdagi saylov natijalarini tan olmadi
Buyuk Britaniya Belarusdagi prezident saylovi natijalarini tan olmaydi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab ma'lum qildi.
U saylovlar adolatsiz o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan barcha kamchiliklar bo‘yicha zudlik bilan YeXHT tomonidan mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini talab qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya o‘z hamkorlari bilan birgalikda aybdorlarga qarshi sanksiyalar kiritadi va Belarus hukumatining javobgarlikka tortilishiga erishadi.
14 avgust kuni Yevroittifoq saylov natijalariga qo‘shilmasligini hamda Belarusdagi zo‘ravonliklar va soxtalashtirishlar aybdorlariga qarshi sanksiyalar tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi.
Prezident Aleksandr Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya 17 avgust kuni mamlakat fuqarolariga videomurojaat yo‘llab, yangi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rilguniga qadar millat yetakchisi bo‘lishga tayyorligini e'lon qildi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026