Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya prezidenti cho‘kayotgan ikki qizni qutqarib qoldi
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza cho‘kayotgan ikki qizni qutqarib qoldi. Bu haqda 20minutos portali xabar berdi.
Voqea 15 avgust kuni Algarvedagi plyajda yuz bergan. 71 yoshli prezident hordiq olayotganda kanoeda suzayotgan ikki qizning to‘nkarilib ketib, cho‘kayotganini ko‘rgan.
De Souzaning ta'kidlashicha, u darhol qizlarga yordamga oshiqqan. Birozdan keyin voqea joyiga gidrosiklda qutqaruvchi yetib kelgan.
Portulagiya prezidentining ma'lum qilishicha, qizlarni kuchli oqim boshqa plyajdan olib kelgan. Kanoeda bo‘lgan qizlar to‘nkarilib ketib, og‘izlariga suv ketib qolgan. Shu sababli ular toyib, qayiqni na o‘z holiga qaytara olishgan, na unga chiqa olishgan.
Mavzuga oid
20:28 / 19.05.2026
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
11:45 / 09.02.2026
Sotsialist Seguru Portugaliya prezidenti etib saylandi
09:50 / 19.01.2026