Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqarolarni 35 ming dollarga aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2019 yilning dekabr oyidan 2020 yil 10 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Andijon shahrida 43 yoshli T.K. aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqarolar 54 yoshli X.A. va 43 yoshli G.D.ga yog‘-moy mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shuningdek u 56 yoshli N.A.ga birgalikda kafe ochib biznes qilishlarni bildirib, ularning ishonchiga kirib, aldab, jami bo‘lib 35.200 AQSh dollar pul mablag‘larini olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026