Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada 500 yillik tarixga ega mehmonxona “irqiy” nomi sababli qayta nomlanadi
Germaniyaning Augsburg shahrida joylashgan 500 yillik tarixga ega “Uch habash” mehmonxonasi “irqiy” nomi sababli birinchi marta qayta nomlanadi. Bu haqda Die Welt nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mehmonxona egalari mehmonxonaning qayta nomlanishiga oxirgi pallagacha qarshi chiqishgan. Ushbu mehmonxonaning ostonasini o‘z vaqtida Motsart, Gyote, Gaydn, Paganini, Vagner, graf fon Tseppelin va Franklin Delano Ruzvelt kabi turli zamonlarda yashagan mashhur insonlar xatlab o‘tgan. Mehmonxona nomi yil oxirigacha o‘zgaradi va “Maksimilianda” deb nomlana boshlanadi.
Mehmonxonaning tarixiy nomi karvonsaroyning egasi 4 nafar habash rohibini sovuqdan qutqarib olgani haqidagi afsona bilan bog‘langan. Keyinroq rohiblar safarini davom ettirishga qaror qilgan, biroq ulardan biri dalada sovqotib halok bo‘lgan. Shunda karvonsaroy egasi qolgan uch habashni ortga qaytarib, qish o‘tguncha o‘z karvonsaroyida qoldirgan.
Mehmonxona oldini ushbu hikoyadan ilhomlangan haykaltarosh tomonidan XVIII asrda ishlangan uchta byust bezab turadi. Endilikda bu byustlar bilan nima bo‘lishi noma'lum.
AQShda qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida qo‘llangan zo‘ravonlikdan vafot etgach, butun dunyo bo‘ylab irqiy va tahqirlovchi nomlanishga ega obektlarni qayta nomlash keng ko‘lamli ko‘rinish oldi.
Augsburger Allgemeine Zeitung nemis nashri o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, nemislarning 72 foizi go‘yoki tahqirlovchi ma'noga ega nomlarni o‘zgartirishni bema'no deb hisoblasa, 18 foizi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Qolgan nemislar esa bu borada bir narsa deyishga ikkilanishgan.
Mavzuga oid
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025