Konservativ Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar (XDI/XSI) blokidan kanslerlikka nomzod Fridrix Mers «dunyo bizni kutmayapti», deya hukumatni imkon qadar tezroq tuzişga çaqirdi. Mers tegişli bayonotni 23 fevral, yakşanba kuni Bundestag saylovlarining norasmiy dastlabki natijalari ma’lum bölganidan keyin berdi.

XDI/XSI 28,8 foiz ovoz oldi. Ikkinçi örinni 20,2 foiz bilan öta öng «Germaniya uçun muqobil» (GuM) egallagan. Markaziy söl Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) 16,2 foizga ega. Söl-liberal «Ittifoq-90»/«yaşillar» 12,7 foiz, Söl partiya 8,5 foiz ovoz oldi.

Germaniyaning navbatdagi kansleri bölişga hozirlik körayotgan Mers: "Dunyo bizni kutmayapti, uzoq koalitsiya muzokaralarini ham kutmayapti", dedi.

Şols: GSDP uçun aççiq natija

Ayni paytda Germaniya vazirlar mahkamasining amaldagi rahbari Olaf Şols saylovlarda mağlubiyatga uçraganini tan oldi. Bu «Sotsial-demokratik partiya uçun aççiq saylov natijasi», buni «aniq körsatiş kerak», dedi Şols Berlinda.

«Bu saylov natijalari uçun men ham javobgarman», deb tan oldi kansler. U Mers va XDI/XSIi birinçi örin bilan tabrikladi. «Biz demokratik mamlakatda yaşayapmiz», deb ta’kidladi Şols raqiblarining ğalabasiga işora qilib. Şu bilan birga, u Germaniyada deyarli 20 foiz öta öng GuM uçun ovoz berganini qabul qilib bölmas deb hisobladi. «Men heç qaçon bunday natijani qabul qilmayman», — deya qöşimça qildi u.

Dastlabki natijalarga köra, GSDP bor-yöği uçinçi örinda va federal saylovlar tarixidagi eng yomon natijasini körsatdi.