Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko kuchishlatar idoralarining 300dan ortiq xodimlarini mukofotladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kuchishlatar idoralar vakillarining bir guruhini «Qusursiz xizmatlari uchun» medali bilan mukofotlash haqidagi qarorni imzoladi.
Hujjat bugun, 18 avgust kuni e'lon qilingan bo‘lsa-da, 13 avgust kuni imzolangan.
Ro‘yxatga 300dan ortiq xodim kirgan. Ularning orasida Belarus IIB ichki jangchilari komandiri o‘rinbosari Xazalbek Atabekov ham bor. Kuchishlatar xodimlarning mukofotlanishi «xizmat vazifasini namunali tarzda bajargani» bilan izohlangan.
Belarusda 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. 9-12 avgust kunlari namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Natijada, 7 mingga yaqin odam hibsga olindi. 600dan ortig‘i jarohatlandi, kamida 2 inson halok bo‘ldi. 700dan ortiq odam qo‘lga olish chog‘ida kaltaklanganidan shikoyat qilishdi.
Belarus IIB rahbari Yuriy Karayev huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan vakolatidan chetga chiqish holatlarining barchasi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilishini va'da berdi.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026