Jamiyat | 08:00 / 18.08.2020
26113
1 daqiqa o‘qiladi
«Qamchiq» dovonida avtomobil yo‘lining bir qismi cho‘kdi
Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan.
A-373 "Toshkent-O‘sh" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 229-kilometrida, "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida yo‘lning 50 metr qismi cho‘kdi.
Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli ushbu masofada ikkita harakatlanish bo‘lagi yopilgan holda ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda.
Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. Ulardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga amal qilgan holda ehtiyotkor bo‘lib harakatlanish so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
21:18 / 13.10.2024