Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi mintaqaviy xalqaro aeroportlarga eng yaxshi nom topish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi
Mazkur tanlovda ishtirokchining fuqaroligidan qat'i nazar, 16 yoshdan oshganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va turizmni rivojlantirish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok eta oladi.
Foto: O‘zA
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va "O‘zbekiston aeroportlari" AJ respublikadagi mintaqaviy xalqaro aeroportlarga eng yaxshi nom berishga doir tanlov e'lon qildi.
“Tanlovning maqsadi O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro aeroportlariga eng yaxshi nom topish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilishga yo‘naltirilgan. Toshkent shahar I.Karimov nomli hamda Andijon shahar Zahiriddin Muhammad Bobur nomli aeroportlar bundan mustasno”, deyiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Mazkur tanlovda ishtirokchining fuqaroligidan qat'i nazar, 16 yoshdan oshganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va turizmni rivojlantirish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok eta oladi.
Tanlov tartibi va shartlari bilan quyidagi saytlar orqali tanishish mumkin:
Har bir nom loyihasini (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) g‘oya tavsifi bilan [email protected] elektron manziliga yuborish lozim.
Tanlov e'lon qilingan kundan ikki oy o‘tgach, vazirliklar, idoralar va jamoatchilik vakillari va taniqli tarixchilardan iborat Komissiya kelib tushgan takliflar orasidan har bir aeroport uchun 5 tadan loyiha tanlab oladi. Ushbu loyihalar ikki oy muddatga onlayn ovoz berish uchun https://uzbektourism.uz veb-saytiga joylashtiriladi.
Onlayn ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘oliblar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va "O‘zbekiston aeroportlari" AJning rasmiy saytlarida e'lon qilinadi.
Tanlov uchun materiallar 2020 yilning 20 avgustidan 20 oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:43 / 08.11.2025
Aeroportda dorilar kontrabandasiga urinish fosh etildi
17:45 / 20.10.2025
Hokimning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
17:59 / 16.09.2025
Yosh muhandislar tanlovi g‘oliblariga avtomobillar topshirildi
19:14 / 09.09.2025