Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi ballistik raketasini marhum general Sulaymoniy sharafiga atadi
Eron qurolli kuchlari yangi ballistik va qanotli raketalar ishlab chiqdi. Ballistik raketa AQSh harbiylari tomonidan o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy sharafiga atalib, uning sinovlari Eronning IRIB teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish qilingan.
Gap “yer-yer” sinfidagi ballistik raketa haqida borib, u 2020 yil yanvarda AQSh harbiylari maxsus operatsiyasi davomida o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy sharafiga “Hoj Qosim” deb atalgan. Ta'kidlanishicha, raketaning ta'sir radiusi 1400 kmni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, eronlik harbiylar yangi qanotli raketa “Abu Mahdi”ni taqdim etishgan. Ushbu raketa Sulaymoniy bilan birga halok bo‘lgan, iroqlik shia tuzilmalari “Al-Hashd ash-Sha'biy” qo‘mondoni Abu Mahdi al-Muhandis sharafiga atalgan.
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general-leytenant Qosim Sulaymoniy 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili, jumladan al-Muhandis halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026