Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroni 3 mlrd so‘m olib berish va'dasi bilan 21 mln so‘mga aldab ketgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Holat asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Olmazor tumani IIO FMBdan xabar kelib tushgan, deyiladi Ichki ishlar vazirligi saytida.
Unga ko‘ra, 20 may kuni 34 yoshli O.S. 35 yoshli tanishi T.A.ga xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif etib, navbatsiz va boshqa tashvishlarsiz bankdan 3.000.000.000 so‘m kredit olishda yordam berishini aytgan.
O‘zining “yordami” uchun O.S. tanishidan 21.000.000 so‘m olib, va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Ehtiyot bo‘ling, o‘zingiz qonuniy hal qila oladigan masalangizni birovga ishonib, pulingizni yo‘qotmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026