Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi sohasida yangi hukumatlararo bitim tuzadi
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining mehnat faoliyatini tashkil etishning oshkora mexanizmlarini joriy etish mo‘ljallanmoqda.
Joriy yilning 19 avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzoqovning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligi masalalarining keng ko‘lami muhokama qilindi.
Rossiya va O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani bilan yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va savdo shartnomalari tuzish maqsadida vazirliklar, idoralar va hududiy ma'muriyatlar rahbarlarining hamda tadbirkorlik vakillarining tashriflarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar birgalikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlarni, jumladan, II Mintaqalararo hamkorlik forumi, Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (XXYuK) hududida "O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi"ning ochilishi, Moskva shahrida "Made in Uzbekistan" Milliy ko‘rgazmasi, Ta'lim forumi va Mediaforumini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining mehnat faoliyatini tashkil etishning oshkora mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutgan holda RF hududidagi o‘zbekistonlik migrant fuqarolarning faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar amaliy hamkorlik va aniq choralarni amalga oshirish, shu jumladan, tegishli hukumatlararo bitimlarni tezkor ravishda tuzish hamda mehnat migratsiyasi sohasida maxsus mexanizmlarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026