Xususiy bandlik agentliklariga (XBA) mamlakatdan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarni işga joylaştirganlik uçun fuqarolarning özidan haq undiriş taqiqlanadi – uşbu xizmatlar haqini iş beruvçilar tölaşi kerak. Fuqarolarga uşbu taqiq haqida yozma şaklda bildirişnoma beriladi. Agentlik tomonidan şartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda murojaat qiliş uçun bildirişnomada XBA va Mehnat vazirligining poçta manzillari va telefon raqamlari ham körsatilişi kerak.
 
Norma’ning yozişiça, tuzatiş odamlardan haq undirib, biroq ularni işga joylaştiriş böyiça majburiyatlarini bajarmaydigan nohalol agentliklardan himoya qiladi. Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan bunday faktlar bir neça bor qayd etilmoqda, sönggi vaqtda 10 nafar XBA rahbariga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. Ularning noqonuniy faoliyatidan 7 123 nafar fuqaro jami 72 mlrd sömdan ortiq miqdorda zarar körgan.
 
Tegişinça, XBA ehtimoliy mehnat migrantlarini işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatiş uçun çet ellik iş beruvçi va (yoki) şerik bilan hamkorlik töğrisida şartnoma tuzadi. Uşbu yozma şaklda tuzilgan hujjatda quyidagilar aks ettiriladi:

  • kasb yoki mutaxassislik turi, mehnatga haq tölaş miqdori, ajratilgan kvotalar soni, iş vaqtining davomiyligi, iş joyigaça va iş joyidan transportda taşiş, işidan mahrum bölgan taqdirda ijtimoiy himoya qiliş, sanitariya-gigiyena tadbirlarini hamda tibbiyotga oid boşqa tadbirlarni taşkil etiş, mehnat va dam olişni muhofaza qiliş, işlab çiqarişda baxsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuzaga kelgan taqdirda kompensatsiya oliş tartibi va boşqa şartlar;
  • taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
  • şartnomaning muddatlari, uni özgartiriş va bekor qiliş tartibi, şuningdek uning boşqa şartlari. 

Şartnomaning matni agentlikning rasmiy veb-saytida joylaştirilişi kerak. Şartnomani tuzmasdan xizmatlar körsatiş taqiqlanadi.
 
XBA fuqarolarni çet eldagi işga joylaştiriş bilan şuğullaniş uçun Mehnat vazirligi huzuridagi maxsus jamğarmada zaxira qilib qöyişi kerak bölgan summa köpaytiriladi. Hozir u $50 mingni taşkil etadi, endi esa 8 500 BHM (material e'lon qilingan sanada – 1 895,5 mln söm) böladi. Eslatib ötamiz, zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablağlarning örnini töldiriş zarur, litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda esa ular qaytarilişi lozim.