Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtihon kuni yog‘ingarchilik bo‘lsa, shu kungi test sinovlari 14 sentyabrdan keyinga qoldiriladi - DTM
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda test sinovlari o‘tkazilishiga oid savollarga javob berildi.
«Abituriyentning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlari o‘tkazilishi natijalari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb saytida e'lon qilinadi», dedi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.
Tadbirda imtihon kuni yog‘ingarchilik bo‘lsa, qanday choralar ko‘rilishi haqidagi savolga ham javob berildi.
«Ob-havo sharoitlari albatta inobatga olinyapti. Hozirgi kunda bu bo‘yicha takliflar tayyorlanyapti. Agar ob-havo sharoitlari yomonlashishi, kuchli yomg‘ir, shamol bo‘lishi oldindan prognoz qilinsa, shu kunda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sinovlarni test sinovlari tugaganidan keyin muddatga ko‘chirish nuqtayi nazardan ishlar olib borilyapti», dedi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.
Avvalroq, 22 avgustdan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil kirish imtihonlari 2-14 sentabr kunlari respublikaning turli hududlaridagi stadionlarda o‘tkaziladi. Test sinovlari har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
13:15 / 26.09.2023