
2011 yildan buyon Liviyada kuçli markazlaşgan hokimiyat örnatilmadi. Mamlakat amalda ikkiga bölingan - ğarbda BMT tomonidan tan olingan Foiz Saroj hukumati, şarqda Liviya milliy armiyasi generali Xalifa Haftar hukmronlik qiladi. Liviyada janglar hatto pandemiya vaqtida ham davom etdi.
Saroj va Haftarning bu safar birgalikda taşabbus körsatişi polkovnik Qazzofiy ölimidan keyin boşlangan fuqarolik uruşi yakunlanişiga umid beradi. Ötgan yillar mobaynida yuz minglab liviyaliklar jabrlandi, uysiz qoldi, köplar uylarini tark etdi va Yevropaga yetib olişga harakat qiluvçi qoçqinlar safini töldirişdi.
BMT duşman tomonlarning inqirozdan tinç yöl bilan çiqişga urinişini olqişladi. Ammo, tahlilçilarning fikriça, bundan avvalgi uzoq muddatli sulh tuzişga urinişlarning barçasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, mamlakatdagi siyosiy yetakçilarda ikki koalitsiya tarkibida jang qiluvçi esa köp sonli qurolli guruhlarga bosim ötkaziş uçun işonçli riçaglar mavjud emas.
Bu vaqtda Liviya masalasida NATO safida ham böliniş bor.
Iyul oyida Fransiya Turkiyani Liviyaga qurol sotiş böyiça taqiqni buzişda ayblab, Örta yer dengizidagi «Dengiz qöriqçisi» (Sea Guardian) harbiy-dengiz amaliyotidagi iştirokini töxtatgandi.
Avvalroq Fransiya turk harbiy kemasi fransuz kemasini nişonga olganidan ğazabdaligini bildirgandi, rasmiy Anqara buni qat'iyan rad etgan.
Ziddiyat iştirokçilari nima demoqda?
Liviya milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj feysbukdagi rasmiy sahifasida «barça qurolli kuçlarga öt oçişni zudlik bilan töxtatiş va Liviyaning barça hududlarida harbiy harakatlarni tugatiş» haqida buyruq berganini ma'lum qilgan.
Muxolifat kuçlar qömondoni general Xalifa Haftar tomonidan rasmiy munosabat bildirilmadi, ammo uning koalitsiyadagi ittifoqçisi, Tobrukdagi parlament spikeri Agila Solih ham tinçlik sulhi boşlanganini ma'lum qilgan. Lekin u bunday qarorning asosiy sababi sifatida koronavirus epidemiyasini keltirgan.
Uşbu taşabbus BMT va uşbu nizoda Xalifa Haftar tomonida turgan Misr tomonidan qöllab-quvvatlangan.














