Parijda sobiq prezident Sarkozi Qazzofiy fondidan 50 mln yevro olgani bo‘yicha sud eshituvi boshlandi
Fransiya sobiq prezidenti 2007 yilda o‘zining saylovoldi shtabiga Muammar Qazzofiyga bog‘liq Liviya fondlaridan 50 million yevro mablag‘ jalb etganlikda gumonlanmoqda.

Muammar Qazzofiy va Nikolya Sarkozi
Parij jinoiy sudida Nikolya Sarkoziga nisbatan prezidentlik kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishi bo‘yicha yangi eshituvlar boshlandi. Fransiya sobiq prezidenti 2007 yilda o‘zining saylovoldi shtabiga Muammar Qazzofiyga bog‘liq Liviya fondlaridan 50 million yevro mablag‘ jalb etganlikda gumonlanmoqda.
«Nikolya Sarkoziga yaqin bo‘lgan bir necha kishi Liviya hukumatidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlov olish uchun ba’zida rasmiy, ba’zan norasmiy tarzda vositachi rolini o‘ynab kelgan», — deydi tergovchilar. Ushbu moliyaviy yordam Liviya rejimiga «diplomatik, iqtisodiy va sud qo‘llab-quvvatlovi» evaziga taqdim etilgan.
Prokuratura tergovni 2013 yilda «korrupsiya» va «ta’sir o‘tkazish» ayblovlari bilan boshlagan. Ayblov tomonining guvohi — biznesmen Ziad Takiyeddinning ta’kidlashicha, 2006 yil oxiri — 2007 yil boshida u o‘sha vaqtdagi ichki ishlar vaziri bo‘lgan Nikolya Sarkozi hamda uning kanselyariyasi boshlig‘i Klod Geanga 5 million yevro bergan. Ammo tergov davomida uning ko‘rsatmalari bir necha bor o‘zgargan.
2007 yili prezidentlik poygasida g‘alaba qozongan Nikolya Sarkozi Liviya rahbariga nisbatan bosimni kamaytirish uchun ko‘p ishlarni qilgan, xususan, o‘sha yilning dekabrida Parijda Qazzofiyni qabul qilgan. Shuningdek, u tashrif avvalida fransuz hukumati tomonidan razvedka boshlig‘i o‘rinbosari va Qazzofiyning kuyovi Abdulla Senussini hibsga olish uchun berilgan orderni bekor qilishga uringan. Senussi 1989 yil 19 dekabr kuni Fransiyaning UTA kompaniyasiga tegishli samolyotda uyushtirilgan terakt tashkilotchisi hisoblanadi. Fojia oqibatida 170 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgandi. Liviya 2004 yilda qurbonlarning oilalariga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgan.
Fransiya sobiq prezidentining aybi isbotlansa, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi, katta miqdorda jarimaga tortilishi va qator fuqarolik, jumladan, saylash va saylanish huquqlaridan ayrilishi, shuningdek, davlat lavozimlarini egallash imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Nikolya Sarkozining o‘zi va uning advokatlari ayblovlarni butunlay rad etmoqda.
Dekabr oyida Parij kassatsiya sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga nisbatan korrupsiya, ta’sir va tergovga bosim o‘tkazish ishi bo‘yicha haqiqiy bir yillik qamoq jazosini nazarda tutuvchi apellyatsiya sudining qarorini o‘zgartirishni rad etgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
Mavzuga oid

21:07
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi

18:22
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi

11:33
Le Pen Fransiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga va’da berdi

21:00 / 31.03.2025