Alişer Rözioxunov, jurnalist: Ta'lim sohasida köp yillik tajribaga egasiz. Adaşmasam, şu kunga qadar, Serbiya, Yaponiya, Venesuela, Kolumbiya, Avstraliya va AQŞda faoliyat yuritib, ta'lim bergansiz. Mana endi bir yildan buyon Özbekistondasiz. Nega? Nega aynan şu qarorga keldingiz? 

Bill Kralovets, maktab direktori: Şu yil ta'lim sohasida işlayotganimga 28 yil töladi. Ta'kidlaganingizdek, dunyoning köp davlatida böldim. Hamma xalqaro maktablar bir-biridan mustaqil faoliyat yuritadi. Ya'ni men bir maktabdan ikkinçi maktabga ötkazilmayman. Mehnat faoliyatimni aniq fanlar öqituvçisi sifatida boşlagandim, keyin ilmiy işlar böyiça maktab rahbari, söngra direktori lavozimiga qadar kötarildim.

Oxirgi iş joyim Yaponiyaning Osaka şahrida joylaşgan xalqaro maktabda ham muassasaga rahbarlik qilganman. Men u yerdan ketişga qaror qilgan paytda, boşqa xalqaro maktablar vakansiya e'lonlarini kuzata boşladim. Toşkentdagi maktab ma'muriyati direktorlik lavozimiga nomzod qidirayotgandi, suhbatdan ötdim. Birinçidan, men Toşkent xalqaro maktabini tanlaganim sababi — ma'muriyat mening nomzodimni tanladi va iş taklif qildi.

Bundan taşqari, maktabning obrösi baland: bu yerda xalqaro standartlar, xususan IB'ga muvofiq öqiş taşkil etilgan. Bu yerda 500dan ortiq öquvçi tahsil oladi.

Şuningdek, men faqat özimga yangi iş joy emas, balki oilam uçun maroqli şahar, farzandlarimning ta'limi uçun yaxşi maktab tanlaşim kerak edi. Uç nafar farzandim ham şu yerda öqiydi, demak maktabda öqitiş sifati men uçun juda muhim bölişi kerak.

A.R.: Maskan yo joylaşuv ham sizga ahamiyatlimi?

B.K.: Men heç qaçon Toşkent, Özbekiston yo Markaziy Osiyoda bölmaganman. Bu ham öziga maftun etdi.

A.R.: Bu yerlar haqida avval eşitganmidingiz?

B.K.: Sobiq Sovet davlatining parçalanişi, -iston davlatlari haqida eşitganman. Bu mintaqa men uçun qiziqarli bölgan. Sarguzaştlarni yaxşi köraman, Toşkent nomini eşitganimda, har bir amerikalik singari ekzotikani his etdim. Özbekiston, Toşkent, toğlar, Buyuk ipak yöli va boşqa narsalar... Bu ham hal qiluv qarorimga öz ta'sirini ötkazdi. Negaki, xalqaro maktablarda işlaş faqat ta'lim berişdan taşqari, dunyoni köriş va turli madaniyatlar bilan tanişuvni ham anglatadi.