Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda - Sanepidxizmat
Shunga qaramay, Sanepidxizmat fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Sanepidxizmat) mutaxassislari O‘zbekiston aholisiga anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklari ko‘payishi mumkinligi tufayli ba’zi tavsiyalarni berdi.
«Bugungi kunda koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz kechmoqda. Shu sababli bemorlarda tana harorati yuqori bo‘lmasligi, isitmalash davri bir kundan uch kungacha davom etishi, ba’zi insonlarda tana harorati umuman ko‘tarilmasligi mumkin. Bunday holatlarda COVID-19 infeksiyasini PZR testi, ekspress testlar yordamida organizmga tushgan yoki tushmaganligini bilish mumkin», deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqarolarga shamollash belgilari kuzatilsa zudlik bilan oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat etish tavsiya qilingan. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan dori vositalarini iste’mol qilmaslikka chaqirilgan.
«Koronavirus kasalligiga gumon bo‘lsa shifokor tavsiyasi bilan zudlik bilan koronavirusga test topshirish zarur. Koronavirusga PZR test topshirish uchun hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlariga murojaat qilish mumkin», deyiladi xabarda.
Sanepidxizmat O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar haqidagi ma’lumotni so‘nggi marta 2022 yil 15 dekabr kuni e’lon qilgan edi. Ma’lumotda 134 bemorda kovid aniqlangani keltirilgan.
Mavzuga oid
13:25 / 23.02.2026
O‘zbekiston–AQSh turistik almashinuvi: yanvar oyi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026