Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Tadbirda Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi A.X. oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirib qolish maqsadida fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, uni ushbu universitetning Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro Sh.K. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar D.S. va Z.A.ning ishonchiga kirib, ularni Urganch Davlat universitetining Jismoniy tarbiya va tasviriy san'at yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga mazkur universitetning 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026