Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatida suv ta'minoti tizimini modernizatsiyalashga 437,62 mln dollar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 12.08.2020 yildagi «Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida «Buxoro viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 482-son qarori qabul qilindi.
2019 yil 2 iyulda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan «Buxoro viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 25 yil mobaynida qaytarish muddati bilan qarz berilishi ma'qullangan.
Norma’ning yozishicha, loyihaning umumiy qiymati – 437,62 mln dollarni, shu jumladan: OIIB qarzi – 385,12 mln dollarni, O‘zbekistonning hissasi (soliq va bojxona imtiyozlari hisobiga) – 52,5 mln dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020–2023 yillar) tashkil etadi.
Qarorda quyidagilar belgilangan:
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi «Kommunxizmat» agentligi loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, OIIBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydigan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
- investitsiya davrida foizlar, zaxiraga olish uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqi ko‘rinishidagi moliyaviy xarajatlarni to‘lash OIIBning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- loyiha texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
- loyiha bo‘yicha OIIB qarzini qaytarish prognoz jadvali;
- loyiha doirasida OIIB qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash bo‘yicha ulushlar taqsimotining prognozi.
Moliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi:
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan OIIB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini imzolash;
- «Kommunxizmat» agentligi, Buxoro viloyati hokimligi, «O‘zsuvta'minot» AJning «Buxoro suv ta'minot» MChJ o‘rtasida OIIB qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash.
Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi va OIIB o‘rtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berish topshirildi.
«O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruv raisi zimmasiga «Buxoro suv ta'minot» MChJ tomonidan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq OIIB qarzini qaytarish va foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida jamlab borilishini ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Shuningdek qarorda loyihani amalga oshirishni ta'minlashga yo‘naltirilgan boshqa chora-tadbirlar (kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratilishi, zaruratga ko‘ra yer uchastkalari ajratilishi bilan bog‘liq kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishi, loyihani amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish guruhini tashkil etish, qarzni so‘ndirish uchun zarur moliyaviy mablag‘larni shakllantirish va boshqalar) ham nazarda tutilgan.
Hujjat 13.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026