Jamiyat | 18:51 / 25.08.2020
62062
3 daqiqa o‘qiladi

«E-IJRO AUKSION»: uy-joy qurish uchun yer uchastkasini yangi tartibda sotib oling

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari shaffof mexanizm orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilinmoqda.

Endilikda siz turli idora va tashkilotlarga borib yer uchastkalarini sotib olish uchun hujjat yig‘maysiz va navbatda turmaysiz. Onlayn auksionlarda qatnashib, barcha tashkilot va idoralar bilan kelishilgan holda savdoga chiqarilgan yer uchastkasini sotib olasiz.

2020 yilning 8 oyi mobaynida e-auksion.uz savdo maydonchasi orqali 4371 ta yakka tartibda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalariga bo‘lgan huquq sotildi. Hozirgi paytda e-auksion.uz platformasida 6 hududdan 2900 dan ortiq yer uchastkalari sotuvda turibdi. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?18&lot_id=258164

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?8&lot_id=258196

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?5&lot_id=263317

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?37&lot_id=261092

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?8&lot_id=261307

Batafsil: e-auksion.uz/lot-view?9&lot_id=261290

Bundan tashqari, e-auksion.uz saytida onlayn auksionda qatnashish uchun Elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Mulk uchun ariza berish jarayonida mulk narxining 50 foizi miqdoridagi zakalat pulini hisobvaraqlariga o‘tkazish talab etiladi. Auksion savdosi kuni ertalab 9:00da auksion savdolari boshlanadi va eng so‘nggi taklif etilgan narxni tasdiqlagan ishtirokchi g‘olib sifatida e'tirof etiladi. Auksionda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi qolgan mablag‘ni 5 ish kunida to‘lashi talab etiladi. G‘olibga QR-kod bilan tasdiqlangan g‘oliblik bayonnomasi yuboriladi. Ushbu hujjat yer uchastkasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, auksion ishtirokchisi elektron onlayn-auksion orqali yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun bitta yer uchastkasini bir yilda bir marta sotib olish huquqiga ega.

Agar sizda yer uchastkalari bo‘yicha qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa, e-auksion.uz saytidagi onlayn muloqot tizimidan foydalanishingiz mumkin.

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» PR xizmati

 

Mavzuga oid