Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rostov va Samaradan fuqarolar poyezd orqali qaytarilmoqda
Vatanga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari karantinda bo‘lishlari shart.

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent-Rostov-Don-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 23 avgust kuni 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarni olib kelish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24 avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.
Vatanga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shart, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotida.
Mavzuga oid

13:39 / 29.07.2025
Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

10:23 / 28.07.2025
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

21:42 / 18.06.2025