18 avgust kuni AQŞda Demokratik partiyaning qurultoyi Jo Baydenning rasman prezidentlikka nomzod sifatida körsatilişi bilan yakunlandi. Garçi, sönggi kunlarda Baydenning respublikaçilar vakili Donald Trampga nisbatan ustunligi pasayib borayotgan bölsa ham, u hamon saylovoldi poygasida oldinda bormoqda.
Bugun köpçilikni, agar 3 noyabr kuni Jo Bayden vakillarning 269tadan köproq ovozini olsa va AQŞning 46-prezidentiga aylansa, AQŞ-Rossiya munosabatlari qay tarzda keçişi qiziqtirmoqda. Demokratlar nomzodi allaqaçon Putinga qarşi çiqişini aytib, öz yölini tanlab bölgan.
Bayden va Rossiya örtasidagi munosabatlar bundan 12 yil oldin Barak Obama navbatdagi prezident saylovlarida Jon Makkeynni (u ham Rossiyaga qarşi nomzod edi) mağlubiyatga uçratgan paytdan murakkablaşa boşlagan. Öşanda Bayden Obamaning vitse-prezidenti sifatida Oq uyda iş boşlagandi.
Öşa paytda köpçilik demokratlar partiyasi vakili bölgan Obamaning AQŞ prezidenti bölişini Rossiya uçun katta yutuq deb hisoblagan edi. Respublikaçilar nomzodi Makkeyn rusofobik qaraşlarini heç kimdan yaşirmas, bunday holatda «köngli böş» va tinçlikparvar Obamaning prezident bölişi bir tarafdan Rossiya uçun ança yaxşi holatdek körinardi.
Obamaning ilk prezidentlik yiliga aksariyat siyosatçilar istehzo bilan «asal oyi» deb nom berişgan. Öşanda Obamaning «tinçlikparvar» qiyofasi Nobel mukofotini topşiriş komissiyasi a'zolarini ham tölqinlantirib yubordi şekilli, ular hali öz vazifasini kirişganiga unça köp bölmagan va dunyoda tinçlik örnatiş yölida heç iş qilişga ulgurmagan Obamaga uşbu nufuzli mukofotni topşirişdi. Öşanda Obamaning özi ham Nobel mukofotini nega olganiga hayron bölgan bölsa kerak.
2009 yilda Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarni «tiklaş» strategiyasi işlab çiqilgan edi. Ammo AQŞ davlat kotibi lavozimida işlagan demokratlar vakili Hillari Klinton va Rossiya taşqi işlar vaziri Lavrovning «şarofati» bilan hamma iş qoğozlarda qolib ketadi. Öşanda munosabatlar sovuqligiça qolişiga Rossiyani unça xuşlamaydigan Hillari Klinton sabab bölgan. Keyinçalik, demokratlar vaziyatni töğirlaşga va Rossiya bilan munosabatlarni iliqlaştirişga va'da berişdi. Ammo keyin sodir bölgan voqea-hodisalar sababli özaro aloqalar özgarmadi.
Har ikki tomon strategik hujum qurollarni qisqartiriş böyiça yangi şartnoma imzolagan bölsada, Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar baribir iliqlaşmadi hamda ikki an'anaviy «geosiyosiy duşmanlar» örtasidagi aloqalar sovuqligiça qoldi.
2012 yilda AQŞ rossiyalik huquqşunos Sergey Magnitskiy ölimi bilan boğliq iş uçun bir qator rossiyalik mutasaddilarni «Magnitskiy röyxati»ga tirkaydi va ularga nisbatan sanksiyalar e'lon qiladi. Şundan söng, Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar yanada sovuqlaşib ketadi.
2014 yildagi voqealar: Ukraina şarqida, Donbassdagi ayirmaçilarga yordam berilişi va Qrimda referendum ötkazilib, Rossiya tarkibiga qöşib olinişi rasmiy Vaşington va Moskva örtasidagi munosabatlarni boşi berk köçaga tiqib qöyadi. Ikki örtada murosasiz raqobat va qarama-qarşilik boşlanadi. Öşanda AQŞda hukmronlik qilayotgan demokratlar va Rossiya siyosatçilari örtasidagi munosabatlar eng quyi darajaga tuşganday tuyulgan edi, ammo hammasi oldinda ekan.
Demokratlarning nazdida, 2016 yil noyabr oyida AQŞda ötkazilgan saylovlarda rossiyaliklar demokratlarning «köksiga piçoq sançişdi». Öşanda, hatto saylov arafasida ham demokratlar nomzodi Hillari Klinton respublikaçilar nomzodi Donald Trampdan har taraflama oldinda boryotgandi. Köpçilik Hillari saylovda ğalaba qozonişiga şubha qilmayotgandi. Ammo noma'lum hakerlar tomonidan Hillari Klintonga tegişli yaşirinça elektron poçta oşkor etilgandan söng hammasi barbod böldi va demokratlar vakili Trampga yutqazib qöydi. Öşanda demokratlar Hillariga tegişli elektron poçtaning topilişi va oşkor etilişini Rossiya hukumati dastaklagan hakerlardan körişadi. Tabiiyki, Rossiya tomoni buni inkor qiladi. Ammo bu iş baribir demokratik partiya vakillarining Rossiyaga nisbatan munosabatlari yomonlaşişiga sabab böladi. Rossiyaga nisbatan aşaddiy tarzda kek saqlayotgan demokratlar orasida esa Jo Bayden ham bor edi.
Şundan söng, Trampning saylovoldi ştabi va Kreml örtasidagi aloqalar haqida ommaviy ravişda juda köp ayblovlar taxmin qilindi. Natijada, amerikalik advokat Robert Myuller ikki yil davomida uşbu taxmin bilan boğliq işlarda suriştiruv ötkazdi va kelişuvga oid aniq dalillar topilmadi. Şunga qaramay, sönggi ikki yil içida Jo Bayden, barça demokratlar singari, Rossiyani özining eng aşaddiy duşmani sifatida körişda davom etib kelyapti va bu uning saylovoldi kampaniyasida ham öz aksini topyapti.
Saylovoldi munozaralarining aksariyatida demokratlar Trampni Rossiyaga haddan taşqari döstona munosabatda bölganlikda ayblaşdi.
Joriy yil iyun oyida, AQŞ razvedka xizmati, Rossiyani Afğonistondagi jangarilarga «Har bir öldirilgan AQŞ askari uçun mukofot» tölaganlikda ayblab çiqqanida Tramp yana demokratlarning keskin tanqidlari ostida qolib ketdi. Bunga sabab, u AQŞ razvedkasi ma'lumotlarini «işonçli emas» deb aytdi, Bayden esa unga qöşilmadi.
«Prezident bölsam, bu va bunga öxşagan boşqa köplab qoidabuzarliklarga toqat qilib qilib ötirmayman. Lozim bölsa, Putin bilan ham töqnaşaman. NATOni kuçaytiraman. Putinga bizning demokratik jarayonlarga aralaşib, xalal beriş qimmatga tuşişini uqtirib qöyaman», dedi Jo Bayden.
Jo Bayden vitse-prezidentligi davrida Vaşington va Moskva örtasida döstona munosabatlar örnatiş rejasini esga olgan ba'zi ekspertlar, hozir demokratlar nomzodini Rossiyaga qarşi çiqayotgan «qirğiy» deb ataşadi. Boşqa kuzatuvçilar esa Bayden strategik hujum qurollarni qisqartiriş böyiça şartnomani uzaytiriş kabi mavzularda Moskva bilan ötkaziladigan muzokaralarda taşabbuskor tomon bölişi mumkinligini taxmin qilişadi.
Bayden va Ukraina örtasidagi munosabatlar ham alohida mavzu hisoblanadi. Ötgan yil, aynan Baydenning Ukraina bilan munosabatlari ortidan Trampga impiçment e'lon qilindi va sal qolsa u prezidentlikdan ajralar edi. Bunda, Tramp özi qazigan çohga özi tuşib ketişiga bir baxya qolgandi.
Gap şundaki, Jo Baydenning öğli Hanter Bayden Ukraina neft kompaniyasida faoliyat olib borgan. 2019 yilda Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Baydenning öğliga qarşi tergov oçişga majburlaşga urinib köradi. Bu iş ommaga oşkor bölgandan söng AQŞda «saylov jarayonlariga boşqa davlatni aralaştiriş» ayblovi bilan Trampga impiçment e'lon qilinadi. Öşanda, uni şarmandali intihodan Senat saqlab qoldi.
Yaqinda, 7 avgust kuni AQŞning kontrrazvedka va xavfsizlik milliy markazi direktori Uilyam Evaninaning Rossiya saylovlar arafasida Baydenni «obrösizlantirmoqçi»ligi haqida bayonoti e'lon qilindi. Bundan avvalroq esa rasmiy Moskva Baydenni Obama ma'muriyatida işlab yurgan paytida Ukrainada 2014 yilda röy bergan voqealardagi roli hamda Obama ma'muriyati Rossiyadagi içki muxolifatni qöllab-quvvatlaganida asosiy rolni öynagani uçun tanqid qilgandi.
Agar Jo Bayden 3 noyabrda ötkaziladigan saylovlarda ğalaba qozonsa va AQŞ prezidentiga aylansa Rossiya parlamentida uni qöllab-quvvatlab qarsaklar çalinmaydi deganlar töğri fikr bildirişyapti (2016 yilda Tramp saylovda ğalaba qozongani xabari e'lon qilinganda Rossiya Dumasi deputatlart bu xabarni xursandçilik bilan qarsak çalib qarşilaşadi. Bu yerda şunga işora qilinmoqda).
Bayden AQŞ prezidenti bölib saylansa, Rossiyaga qarşi öta qattiq siyosat yuritadimi yoki şu paytgaça bu davlatga nisbatan bildirgan keskin tanqidlari saylovoldi bayonotlari edimi? Bugun bu savol köpçilikni öylantiryapti. Rossiya Fanlar akademiyasining AQŞ va Kanada instituti direktori Valeriy Garbuzov vaziyat haqida öz fikrlarini bildiradi.
«Rossiya-AQŞ munosabatlaridagi keskinlikning asosiy yönalişi 2014 yildan keyin paydo bölgan deb taxmin qiliş mumkin. Strategik hujum qurollarini qisqartiriş böyiça ötkaziladigan muzokaralarda qandaydir olğa siljiş bölgan, ammo aniq bir narsa deyiş qiyin. Demokratik partiya vakili bölgan prezident Oq uyga örnaşgandan söng ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilaydi.
Agar Bayden prezident bölganidan söng uning ma'muriyati Rossiya bilan yangi muzokaralarga rozi bölsa, unda ruslar bilan kelişuvlar qanday amalga oşirilişini hozir aytiş qiyin. Ammo AQŞ taşqi siyosatida Rossiyani öz içiga olgan umumiy yönaliş davom etadi deb aytiş mumkin.
Hatto, muntazam ravişda joriy qilinayotgani sababli AQŞdan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni ham kutiş mumkin. Sanksiyalar ommaviy hamda şaxsiy hujjatlarga birday tegişli joriy qilinişi mumkin.
Bugun Rossiya uçun Tramp va Baydendan qay biri prezidet etib saylansa manfatliroq böladi, aniq aytiş qiyin. Tört yil oldin, Rossiyada hamma Trampni yaxşiroq deb qiçqirgan edi. Oxiri nima böldi? Tramp noyob prezident çiqib qoldi: uning ritorikasi rusparast edi, ammo barça amaliyotlari ruslarga qarşi böldi. Bu juda tuşunarsiz holat. Aftidan Tramp öz obrösiga aks ta'sir qiladigan iş sodir bölsa Rossiyani yomonlab, imijini oşiriş payida bölib kelyapti.
Rossiya uçun eng yaxşisi bu davlatning milliy manfaatlarini tuşunadigan öz prezidentidir. Ana şunda har qanday prezident bilan, u kim bölişidan va Rossiyaga nisbatan qanday siyosat yuritişidan qat'i nazar muloqot olib boriş mumkin böladi. Bizning barça muammolarimiz AQŞ bilan boğliq emas, balki Rossiyaning özida va biz işni ularni yeçimini topişdan boşlaşimiz kerak», deydi Valeriy Garbuzov.













