O‘zbekiston | 08:48 / 26.08.2020
5857
4 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanidagi «Ziyokor» mahallasi nomi o‘zgartiriladi, Olmazor tumanida yangi mahalla tashkil etiladi

Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasini nomini o‘zgartirish hamda Olmazor tumanida yangi mahalla tashkil etish rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimining “Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasini nomini o‘zgartirish hamda Olmazor tumanida yangi mahalla tashkil etish, uning chegaralarini belgilash va ayrim mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Sergeli va Olmazor tuman hokimliklarining “Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasini nomini o‘zgartirish hamda Olmazor tumanida yangi mahalla tashkil etish, uning chegaralarini belgilash va ayrim mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi takliflari ma'qullanadi.

Quyidagilar:

- Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasining o‘zgartirish kiritilayotgan nomi;

- Olmazor tumanidagi “Ziyo” va “Universitet” mahallalarining hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahalla ro‘yxati va uning nomi;

- Olmazor tumanida yangi tashkil etilayotgan “Ziyokor”mahallasi hamda chegaralari o‘zgarayotgan “Ziyo” va “Universitet” mahallalarining chegarasi va tavsifi tasdiqlanadi.

Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 520 ta deb yuritiladi.

Sergeli tumanidagi “Ziyokor” mahallasining o‘zgartirish kiritilayotgan nomi

Olmazor tumanidagi “Ziyo” va “Universitet” mahallalarining hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahalla ro‘yxati va uning nomi

 

Olmazor tumanida yangi tashkil etilayotgan “Ziyokor” mahallasi hamda chegaralari o‘zgarayotgan “Ziyo” va “Universitet” mahallalarining chegarasi va tavsifi:

“Ziyokor” mahalla chegarasi va tavsifi

Markazi: Innovatsiya maktabi binosi

Aholi: 1002 ta

Oila: 502 ta

Mirzo G‘olib ko‘chasi va Beruniy metrosi kesishgan joydan Qorasaroy ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Qora-qamish ko‘chasigacha, Qora-qamish ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Beruniy ko‘chasigacha, Beruniy ko‘chasidan Mirzo G‘olib ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Beruniy metrosigacha bo‘lgan chegaralarda. Mahalla hududida yakka tartibdagi hovli joylar - 20 ta, ko‘p qavatli uylar - 15 ta, kvartiralar soni – 585 ta, noturar joy binolar - 19 ta.

“Ziyo” mahalla chegarasi va tavsifi

Markazi: Oliy ta'lim vazirligi binosi

Aholi: 7230 ta

Oila: 1160 ta

Mirzo G‘olib ko‘chasi, M.G‘olib nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bilan chegaradosh, Qamarniso ko‘chasi, Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bilan chegaradosh, mahallaning chap tomoni “Universitet” mahallasi hududi bilan chegaradosh. Mahalla hududida yakka tartibdagi hovli joylar - 44 ta, ko‘p qavatli uylar - 18 ta, kvartiralar soni – 632 ta, noturar joy binolar - 11 ta.

“Universitet” mahalla chegarasi va tavsifi

Markazi: O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya binosi

Aholi: 7000 ta

Oila: 1380 ta

Kichik halqa yo‘li ko‘chasi “Allon” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bilan chegaradosh, Farobiy ko‘chasi, “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bilan chegaradosh, mahallaning o‘ng tomoni M.G‘olib ko‘chasi M.G‘olib nomli mahallasi hududi bilan chegaradosh. Mahalla hududida yakka tartibdagi hovli joylar - 167 ta, ko‘p qavatli uylar - 19 ta, kvartiralar soni – 1013 ta, noturar joy binolar - 35 ta.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid