O‘zbekiston | 12:00 / 27.08.2020
10751
1 daqiqa o‘qiladi

30, 31 avgust va 1 sentabr kunlari avtobuslar dam olish kuni hisobida harakatlanadi - «Toshshahartransxizmat»

29 avgust kuni esa avtobuslar harakat jadvali ish kuni hisobida shakllantiriladi.

"Toshshahartransxizmat"AJ bayram kunlaridagi avtobus qatnovlarini bir qator o‘zgarishlardan kelib chiqib yo‘lga qo‘ymoqda. 

Kompaniya xabariga ko‘ra, 29 avgust kuni avtobuslar harakat jadvali ish kuni hisobida shakllantiriladi.

Qayd etilishicha, 30, 31 avgust va 1 sentabr kunlari avtobuslar dam olish kuni hisobida harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning "2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga asosan Mustaqillik bayrami kunlari aholining dam olishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 29 avgust - shanba, dam olish kuni 31 avgust dushanba kuniga ko‘chirildi.

“Hurmatli yo‘lovchilar! Mazkur kunlarda jamoat transportidan foydalanganda yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid