Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida yangi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi - Hukumat qarori loyihasi
Andijon viloyati Xonobod shahrida zamonaviy texnologiya asosida ma'danli ichimlik suvi ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida “Life Khonobod” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, quyidagilar:
Andijon viloyati Xonobod shahrida, Teyit mahalla fuqarolar yig‘ini, Xonobod massivi hududidagi yer uchastkalarning ball boniteti O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining xulosasiga asosan 44,2 ballga teng;
ushbu yer uchastkalari Ko‘rg‘ontepa tumanining fermer xo‘jaliklariga sholi ekish uchun vaqtinchalik biriktirib berilgan;
Xonobod shahrining tasdiqlangan bosh-rejasiga asosan Teyit mahalla fuqarolar yig‘ini, Xonobod massivi hududidagi ushbu yer maydonlarida yashash massivlari joylashtirilishi belgilangan;
“Water Life Mineral” MChJ ushbu yer uchastkasining 10,0 gektar qismida I-bosqichda ya'ni 2021-yil II-chorak yakuniga qadar, o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan 14,0 mln.yevro kiritish va 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda “Life Khonobod” brendi ostida ma'danli suv ishlab chiqarish, aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasini (byuvet), suvenir do‘kon va o‘z mahsulotlarining shourumlarini yaratish;
II-bosqichda, loyihaning I-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng 2023 yil II-chorak yakuniga qadar, loyiha-smeta hujjatlariga asosan zamonaviy dam olish maskani yoki mehmonxona kompleksi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Andijon viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Water Life Mineral” MChJning investitsiya loyihasini qo‘llab – quvvatlash va unga Xonobod shahridagi, Teyit mahalla fuqarolar yig‘ini, Xonobod massivi hududidan 10,0 gektar yer maydoni istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi hamda ushbu hududning 70-konturidagi ekin yerini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligini loyiha ishga tushirilganidan so‘ng istisno tariqasida, 5 yil davomida bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.
Belgilanishicha, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun:
a) “Water Life Mineral” MChJ:
Xonobod shahri Teĭit mahalla fuqarolar yig‘inidagi Xonobod massivi hududidan ajratilgan 10,0 gektar yer maĭdoniga belgilangan tartibda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini;
I-bosqichda, “Life Khonobod” brendi ostida ma'danli ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan yer uchastkasining 5,0 gektar qismida 2021-yil II-chorakgacha o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan 14,0 mln. yevro investitsiya kiritishi va 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishi hamda aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasini (byuvet), suvenir do‘koni va o‘z mahsulotlarining shourumlari yaratishi;
“Water Life Mineral” MChJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kredit mablag‘lari ajratilishida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yuqori likvidli garov ta'minoti taqdim etishi;
b) II-bosqichda, loyihaning I-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng 2023 yil II-chorak yakuniga qadar, loyiha smeta – hujjatlariga asosan 5,0 gektar yer maydonida zamonaviy dam olish maskani yoki mehmonxona kompleksi loyihasini amalga oshirishi;
loyihalar ishga tushirilganidan so‘ng, Xonobod massivi hududining 70-konturidagi ekin yerini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligini istisno tariqasida, 5 yil davomida bo‘lib to‘lashi belgilab qo‘yiladi.
Uch oy muddatda I-bosqichda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasini shaharsozlik norma va qoidalariga asosan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Andijon viloyati hokimligi:
“Water Life Mineral” MChJga investitsiya loyihasini amalga oshirish Qo‘rg‘ontepa tumani, fermer xo‘jaliklari tomonidan sholi yig‘ib olingandan keyin 10,0 gektar yer maydoni ajratilishini va yer maydoni ajratilgunga qadar yer osti suvlarini burg‘ilash va loyiha bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlar o‘tkazilishiga sharoit yaratib beradi;
“Water Life Mineral” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasini belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishi bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi;
investitsiya loyihasi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan va obektlar foydalanishga topshirilmagan taqdirda ajratilgan yer maydoni uning bajarilmagan qismi bo‘yicha belgilangan tartibda davlat zaxirasiga qaytarish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda yashash massivi o‘rnida investitsiya loyihasi amalga oshirilishini inobatga olib, Xonobod shahri bosh rejasiga tegishli o‘zgartirish kiritilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026