Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida ilgari surgan 5 tashabbusdan 4tasi amalga oshdi ― TIV vakili
Bugun, 27 avgust kuni AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Karomiddin Gadoyev BMTning 72-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbus natijasi haqida ma'lumot berdi.
“72-sessiya davomida ilgari surilgan 5ta tashabbusdan 4tasi amaliyotga bevosita tatbiq etildi. Jumladan, olib borilgan sa'y-harakatlarning natijasi o‘laroq, oxirgi ikki yil ichida BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekistonning bevosita tashabbusi bilan prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 3ta rezolyutsiya qabul qilindi”, dedi u.
Qayd etilishicha, birinchi tashabbus Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari bo‘lib, u bevosita tasdig‘ini topgan. Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasi 2018 yilning 2 iyulida jahon hamjamiyati mamlakatlari tomonidan qabul qilingan.
Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonning ishtirokisiz mintaqada bo‘layotgan biror-bir jarayonning muvaffaqiyatga erishishi amri mahol. Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashabbusi juda qisqa muddatlarda amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi.
Ikkinchi tashabbus ma'rifat va diniy bag‘rikenglik haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi bo‘ldi. Bu rezolyutsiya 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilindi.
Uchinchi tashabbus sifatida Orol muammosining ko‘tarilganini aytish mumkin. Joriy yilda ushbu tashabbus amaliy tatbiqi davomi sifatida Orolbo‘yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish rejalashtirilgan. To‘rtinchi tashabbus Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
-
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 21:36
Mavzuga oid

12:27 / 26.03.2025
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi

14:14 / 22.03.2025
BMT: 2024 yilda dunyo bo‘ylab 8938 nafar migrant halok bo‘ldi

17:36 / 21.03.2025
The Telegraph: Makron Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarini yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda

15:21 / 20.03.2025