Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo aholisining 71 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligi ma'lum bo‘ldi
20 ta davlatda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 71,5 foizi ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi emlanishga rozi. Bunday natijalar Barselonadagi jahon sog‘liqni saqlash instituti professori Jyeffri Lazarus rahbarligida o‘tkazilgan so‘rovnoma davomida olingan.
Foto: EPA
Amerikalik va ispaniyalik sotsiologlar bu maqsadda jami 13,5 ming kishining fikrini o‘rganishgan.
Shu bilan birga, so‘ralganlardan 61,4 foizi ish beruvchisi tavsiyasiga ko‘ra koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini bildirgan.
Xitoy, Braziliya va Janubiy Koreyadagi respondentlarning 80 foizdan ko‘prog‘i, Polsha va Fransiyada 60 foizdan kamrog‘i, Rossiyada esa 55 foizi emlashni qo‘llab-quvvatlagan.
“Biz o‘tkazgan so‘rovnoma sayyoramizning hamma aholisi ham koronavirusga qarshi emlanishga tayyormasligini ko‘rsatmoqda. Bu xavotirli holatdir, u pandemiyaning barcha oqibatlarini to‘liq bartaraf etish turli davlatlarda emlash darajasining notekisligi sababli cho‘zilib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi”, deyilgan tadqiqotda.
Olimlarning ta'kidlashicha, ommaviy immunitetga odatda emlash yordamida erishiladi. Aksariyat olimlarning fikricha, infeksiya tarqalishi oldini olish uchun antitanalar aholining kamida 70 foizida bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
16:03 / 25.10.2025
Yevropa va Markaziy Osiyoda poliomiyelitga qarshi emlash qamrovi kamaydi - JSST xavotirda
22:56 / 23.07.2025
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi
07:35 / 28.09.2023
O‘zbekistonda kimlar grippga qarshi bepul emlanishi ma’lum qilindi
19:07 / 19.07.2023