Koronavirusga qarshi kurashda halok bo‘lgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
Prezident farmoni bilan, koronavirusga qarshi kurashda halok bo‘lgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun jami 99 kishi turli unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ulardan 4 nafari vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan mukofotlangan.
- Ne'matov Odiljon Nizomiddinovich – Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri
- Rustamov Farrux Farhodovich – Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
- Sharipova Venera Vasilevna – Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri
- Shukrullayev Bahrom Karomovich – Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri
Eslatib o‘tamiz, 23 iyulda ham prezident farmoni bilan 4 nafar tibbiyot xodimi vafotidan keyin «Jasorat» medali bilan taqdirlangan edi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023