Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni qahramoni – oltiariqlik Zuhraxon Oripova Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida prezident farmoniga köra “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

53 yoşli vatandoş bir qölidan ayrilganiga qaramay, faol mehnat bilan bandligi haqida Kun.uz 2025 yil mart oyida körsatuv e’lon qilgandi

Zuhraxon Oripova – Oltiariq tumanining Oqböyra qişloğidan. Bir yarim yaşarligida sandalga tuşib ketişi oqibatida öng qölidan ayrilgan. Turmuş örtoği ham özi kabi ikkinçi guruh nogironi. Şunga qaramay, oila qişin-yozin faol mehnat bilan band: dalaga çiqib paxta terişadi, tomorqasida bodring, rediska ekib daromad körişadi, uzum parvarişlaydi, kunlik işlarda işlaşadi.

“Toşkentga bormaganman, töğrisi, televizorda körib havas qilib ötiraman. Farğonadan çiqmaganmiz-da, mehnatdan ortib vaqt ham bölmagan, endi orzu qilamiz xolos. Orzularimdan biri Toşkent şahriga borib, kinoteatrlarga, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonovalarning konsertlariga tuşiş. Metrolarida yurişni xohlaymiz. Umralarga, katta Hajlarga ham boriş niyatimiz bor”, – degandi ikki farzandni voyaga yetkazgan dehqon ona.

Ma’lumot uçun, “Jasorat” medali bilan mukofotlangan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari (hozirda 4 mln 120 ming söm) pul mukofoti beriladi.