O‘zbekiston | 08:11 / 27.08.2020
5947
2 daqiqa o‘qiladi

Yer nazoratchi inspektorlar oyligiga qo‘shimcha ustama belgilandi. Maqsad korrupsiyaning oldini olish

Keyinchalik oylik maoshni yana oshirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Davergeodezkadastr qo‘mitasining tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastrlari bo‘limlari mutaxassislarining o‘rtacha oylik ish haqi bugungi kungacha 900 ming - 1,1 mln so‘mni tashkil etgan

Davergeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu sabab sohada yuqori malakaga ega kadrlarning qo‘nimsizligi va korrupsiya avj oldi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, korrupsiyaning oldini olish maqsadida hududiy Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi xodimlari hamda yer nazoratchi inspektorlari oylik maoshlariga qo‘shimcha ravishda qo‘mitaning “Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan har oyda 100 foizlik ustamalar hamda ovqat (yo‘l) puli berilishi belgilandi. 

Qayd etilishicha, bunda xodimning oylik ish haqqi miqdoriga o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan 2,0 mln. so‘mgacha qo‘shimcha mablag‘ qo‘shiladi. 

Keyinchalik oylik maoshni yana oshirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid