Jamiyat | 08:27 / 28.08.2020
18294
5 daqiqa o‘qiladi

Konserva mavsumi: bozor va do‘konlarda meva-sabzavotlar narxi qanday?

Qish g‘amini yozda yeyish kerak. O‘zbek xonadonlarida sovuq mavsum uchun uy konservalari – tuzlama, kompot kabilarni tayyorlash harakati asosan avgust oyidan boshlanadi.

Foto: Depositphotos

Mavsum talabidan kelib chiqqan holda uy sharoitida konservalash uchun talab yuqori bo‘lgan asosiy mahsulot turlarining ayni kunlardagi narxlarini o‘rganib chiqdik.

Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda o‘rtacha narx-navo quyidagicha:

Sabzavotlar:

·       Baqlajon (uzunchoq) – 3000 so‘m, baqlajon (yumaloq) – 4000 so‘m

·       Qizil pomidor – 3500 so‘m, pushti pomidor – 10500 so‘m

·       Bodring – 5500 so‘m

·       Sarimsoqpiyoz – 37 500 so‘m, tozalangani – 40 000 so‘m

·       Yashil bulg‘or qalampiri – 4300 so‘m, qizil bulg‘or qalampiri – 5000 so‘m

·       Qovoqcha (kabachki) – 7000 so‘m

·       Piyoz – 2500 so‘m

·       Qalampir – 7000 so‘m

·       Karam – 2000 so‘m.

Mevalar:

·       Olma – 7000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

·       Olxo‘ri (yumaloq) – 26 000 so‘m, olxo‘ri (qirg‘izcha, uzunchoq) – 7500 so‘m

·       Shaftoli – 15 000 so‘m, shaftoli (tukli) – 10 000 so‘m

·       Nok – 26 000 so‘m

·       Anjir (qora) – 20 000 so‘m, anjir (sariq) – 25 000 so‘m

·       Kishmish uzum – 10 000 so‘m.

Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi narx-navo bilan tanishing.

Sabazavotlar:

·       Baqlajon – 2500-3000 so‘m

·       Bulg‘or qalampiri (qizil va yashil) – 3000 so‘m

·       Bodring – 3000 so‘m

·       Qizil pomidor – 2000 so‘m, pushti pomidor – 3000 so‘m

·       Piyoz – 2500 so‘m

·       Sarimsoqpiyoz – 3000 so‘m (bir bosh), 35 000 so‘m (kg)

Mevalar:

·       Anjir (qora va sariq) – 10 000 so‘m

·       Shaftoli – 10 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha

·       Olma – 7000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha

·       Nok – 25 000 so‘m

·       Uzum – 8000 so‘mdan boshlanadi.

Do‘kon va bozorlarda o‘simlik moyini naviga qarab 11 000 so‘mdan boshlab topish mumkin. Banka qopqog‘i 21 000 so‘mdan 25 000 so‘mgacha (50 dona), rezvali qopqoq 15 000 so‘m (10 dona) narxda sotilmoqda.

Shuningdek, banka qopqog‘ini mahkamlash uchun mo‘ljallangan yarim avtomat uskunani o‘rtacha 90 ming so‘mga xarid qilish mumkin.

Uy sharoitida konservalar sifatli chiqishi, yaxshi saqlanishi uchun quyidagi tavsiyalar asqatishi mumkin:

– Konservalash uchun sifatli mahsulotlarni saralab oling. Buzila boshlagan, hasharotlar ta'siriga uchragan mahsulotlar uzoq saqlanmaydi.

– Bankalarni sterilizatsiya qilishga me'yoridan ortiq zo‘r berish ham kerak emas. Bir litrli bankani 15-20 daqiqa sterilizatsiya qilish kifoya.

– Qopqoqni yopib, zichlab mahkamlagach, bankani to‘nkarib qo‘ying. Bu qopqoqning qo‘shimcha sterilizatsiyalanishi uchun kerak.

– Konservalangan bankalar hali issiqligini yo‘qotmagan paytda qalin mato (adyol, ko‘rpa)ga o‘rab qo‘ying. Bu bankalarning birdaniga emas, balki sekinlik bilan sovishi uchun kerak. Shunda mahsulotlar konserva muhitiga yaxshi moslashadi.

– Tayyor konservalar 5-20 darajadagi harorat bo‘lgan joyda, quyosh nurlaridan uzoqda saqlansa, kamida 2 yil yaxshi holatda turadi.

Mavzuga oid