Joriy yil 10–12 mart kunlari ayrim hududlarda havo harorati minus 6 daraja atrofida kuzatilgan edi. Öşanda sovuq ertapişar mevalar hosiliga ta’sir qilişi aytilgandi. Oradan 3 oy ötib, bozor rastalari mavsumiy mevalar bilan töla boşladi. Xöş bu yil meva narxlari qanday bölyapti? Kun.uz muxbiri Çorsu bozorida böldi.

Kun.uz Çorsu bozorida mevalar narx-navosini örgandi. Narxlar sotuvçilarning özidan söraldi va ular narxlarni aytayotgan payt videoga olindi.

Kuzatuvlarga köra, bozorda şaftoli 50 ming sömdan 60 ming sömgaça sotilmoqda. Örik narxi 55 ming sömdan boşlanadi. Gilos 90 ming sömdan 110 ming sömgaça, nok esa 80 ming söm atrofida taklif qilinmoqda. Qulupnay narxi 200 ming sömdan 300 ming sömgaça aytildi. Olma esa 35 ming sömdan sotilmoqda.

Bozorda meva bor. Tanlov ham bor. Ammo narxlar köpçilik xaridor uçun hali ham baland. Ayniqsa, gilos, örik va şaftoli kabi mavsumiy mevalarning narxi oddiy oila budjeti uçun yengil emas. Bir kilogramm gilos 100 ming söm atrofida bölsa, bu köpçilik uçun kundalik xarid emas, balki öylab qilinadigan xarajatga aylanadi.

Taqqoslaş uçun, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10 iyun kuni ayrim turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarining ulgurji bozor narxlari haqida ma’lumot e’lon qilgan edi. Vazirlik ma’lumotida Qöyliq ulgurji dehqon bozorida olma narxi 7 ming sömdan 25 ming sömgaça, nok 13 ming sömdan 40 ming sömgaça körsatilgan.

Çorsu bozoridagi kuzatuvlarda esa olma 35 ming sömdan, nok 80 ming söm atrofida sotilmoqda. Bu yerda bir muhim farq bor: vazirlik ma’lumotlari ulgurji bozor narxlari, Çorsudagi narxlar esa çakana savdodagi real holat asosida olingan. Şunday bölsa-da, rasmiy jadvaldagi raqamlar bilan xaridor duç kelayotgan narxlar örtasidagi tafovut sezilarli.

Vazirlik şuningdek, Eski juva — Çorsu dehqon bozorida mol va qöy göşti narxlari böyiça ma’lumotlar keçki soat 22:00 dan tungi 2:00 gaça bölgan vaqt oraliğida töplanişini bildirgan.

Mart oyidagi sovuq hosilga ta’sir qilgan bölişi mumkin. Ammo bugungi narxlarni faqat sovuq bilan izohlab bölmaydi. Narxga hosil hajmi, yetkazib beriş xarajatlari, ulgurji va çakana savdo örtasidagi farq, mavsum boşidagi talab va bozordagi umumiy narx muhiti ham ta’sir qiladi.

Hozirça Çorsu rastalarida meva köp, ammo narxlar köpçilik xaridorning çöntagiga mos emas. Bozordagi asosiy manzara şunday: meva pişgan, lekin narxlar hali ham balandligiça qolmoqda.