Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimiga tuzatishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasi «Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi «Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 08.01.2020 yildagi 8-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 488-son qarorni qabul qildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha «Business Indicator» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushirilgan.
Norma’ning yozishicha, qabul qilingan hujjat bilan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizomga (08.01.2020 yilda 8-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bandlar qo‘shildi:
- 18-1. «Namunali» deb topilgan viloyat yoki tuman (shahar) darajasidagi hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi tashkilotlar xodimlari faqat ushbu tashkilotlar mas'ul bo‘lgan ko‘rsatkichlar «namunali» bo‘lgan taqdirda taqdirlanadi;
- 19-1. «Qoniqarsiz» deb topilgan viloyat yoki tuman (shahar) darajasidagi hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi tashkilotlar rahbarlari faqat ushbu tashkilotlar mas'ul bo‘lgan ko‘rsatkichlar «qoniqarsiz» bo‘lgan taqdirda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Nizom va unga ilovalar matnlariga quyidagilarga daxl qiluvchi bir qator o‘zgartirishlar kiritildi:
- yarim yil davomida tegishli hududda yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda noturar ko‘chmas mulk mulkdorlari bo‘lgan jismoniy shaxslar sonini hisoblash;
- tadbirkorlik sub'yektlaridan Davlat budjetiga (respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar) kelib tushgan tushumlarning miqdorini aniqlash;
- tadbirkorlik sub'yektlariga muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari amalda ko‘rsatilganligi indikatorini hisoblash tartibi;
- tadbirkorlik sub'yektlarini majburiy homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish indikatorini hisoblash tartibi;
- tadbirkorlik sub'yektlarining tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchi indikatorini hisoblash tartibi va b.
Hujjat 14.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026