Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» penaltilar seriyasida «Liverpul»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Angliya Superkubogida Premer-liga chempioni «Liverpul» va mamlakat kubogi sohibi «Arsenal» bahs yuritishdi.
O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Per-Emerik Obameyangning goliga mersisaydliklardan Takumi Minamino javob berdi. Penaltilar seriyasida esa omad «to‘pchilar» tomonida bo‘ldi.
E'tiborlisi, Yurgen Klopp shogirdlari o‘tgan mavsumdagi Superkubok bahsida «Manchester Siti»ga ham penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgandi.
Angliya Superkubogi
Arsenal – Liverpul 1:1
Penaltilar seriyasi: 5:4
29 avgust, «Uembli»
Gollar: Obameyang (12) – Minamino (72).
Arsenal – Martines, Belerin (Soaresh, 58), Holding, David Luis, Tirni (Kolashinats, 87), Meytlend-Nayls, El-Nenni, Jaka, Saka (Uillok, 82), Nketiya (Nelson, 82), Obameyang.
Liverpul – Alisson, Uilyams (Minamino, 59), Van Deyk, Gomes, Roberson, Fabino, Veynaldum (Bryuster, 90+2), Milner (Keyta, 59), Saloh, Mane, Firmino (Jons, 83).
Penaltilar seriyasi – Saloh (0:1), Nelson (1:1), Fabino (2:1), Meytlend-Nayls (2:2), Bryuster (2:2, to‘sin), Soaresh (3:2), Minamino (3:3), Luis (4:3), Jons (4:4), Obameyang (5:4).
Ogohlantirish: Milner (57)
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026