Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardoba tumani kengashi ayrim maktablarda o‘qish 7 sentyabrdan boshlanishini ma'qulladi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi sessiyasida 26 nafar deputat, sektor rahbarlari, OAV vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan dastlabki masala — tumanda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, budjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman hokimi A.Xidirov, hokim o‘rinbosari A.Ergashev, tuman XTB boshlig‘i R.Toshpo‘latovning axboroti tinglandi.
Ayni paytda tumanda 15 ta MFY mavjud bo‘lib, 13700 oila, 64819 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Pandemiya davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlami tahlil qilinganda tumanda 1782 ta kambag‘al oiladan 7168 nafar fuqaro “temir daftar”ga kiritilgan. O‘zini-o‘z band qilgan 559 ta oila kambag‘allik toifasidan chiqarilgan. Hozirgi kunda “temir daftar”dagi 1223 ta ehtiyojmand oilaning 1004 nafar a'zosi mehnatga layoqatli bo‘lib, bu fuqarolarni 2020 yilning avgust-dekabr oylarida ishga joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Prezident farmoniga asosan tumandagi “temir daftar”ga kiritilgan 1043 oilaning 4434 nafar a'zosiga 220 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari yetkazib berilgan.
Bugungi kunda tuman aholisining 3547 nafari xorijda mehnat qilayotgan bo‘lib, ulardan 806 nafari ayollar va 2741 nafari erkaklarni tashkil etadi. Ular orasidan Rossiya Federatsiyasida 1684 nafar, Qozog‘istonda 1437 nafar, Janubiy Koreyada 93 nafar va qolgan 268 nafar fuqaro boshqa davlatlarda mehnat qilmoqda.

Sardoba tumanida yil yakuniga qadar sanoat yo‘nalishida 78 ta loyihaning ishga tushirilishi evaziga 1130 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 1364 nafar ishsiz fuqaro bandligini ta'minlash uchun Mehnat vazirligi tomonidan 3 mlrd 050,9 mln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Pandemiya natijasida tumandagi 64 ta tashkilot faoliyati to‘xtatilganligi tufayli budjetga tushadigan mablag‘lar keskin kamayib ketgan. Tumanda 44 ta korxona faoliyati qayta tiklanadi. Yil oxiriga qadar 136 ta tadbirkorlik sub'yektlari qayta tashkil etiladi.
Hayit bayrami munosabati bilan 1314 oilaga 985 mln so‘m, dori-darmon vositalari uchun 30 mln, 108 mln so‘m yordam pullari va 27 mln so‘mlik chorva mollari tarqatilgan. 364 mln so‘m tomorqa xo‘jaligi uchun ajratilgan. 125 ta oilaga 0,5 va 1 sotixli issiqxonalar qurib berilgan.

105 nafar tez tibbiy yordam xodimlariga 251 mln so‘m, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan 1240 ta oilaga 277 mln so‘m, 2 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor 1549 oilaga 673 mln so‘m, shuningdek, 220 ta oilaga moddiy yordam sifatida qariiyb 1 mlrd so‘m pul mablag‘lari topshirilgan.
1 avgustga qadar tumandagi 6281 nafar pensionerga 4 mlrd 721 mln so‘m pul mablag‘lari to‘langan bo‘lsa, 1 sentyabrdan (10 foiz oshishi natijasida) to‘lanadigan pensiya mablag‘lari 5 mlrd 193 mln so‘mga oshadi.
Sardoba suv omboridan talafot ko‘rgan hududlarda irrigatsiya va melioratsiya sohasini tiklash uchun 2 trln so‘m pul mablag‘lari sarflangan. Uy-joyidan ayrilgan va jiddiy zarar ko‘rgan fuqarolarga qurilayotgan xonadonlar (1480 ta) uchun 680 mlrd so‘m sarf qilingan.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan ikkinchi masala — umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari to‘g‘risida bo‘ldi.
Sardoba tumanida 2019/2020 o‘quv yilida umumta'lim maktablarida 10536 nafar o‘quvchi ta'lim olgan. Yangi, 2020/2021 o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha 25-26 avgust kunlari tumandagi 21 ta umumta'lim maktablari o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 10781 nafar ota-onalardan 9232 nafari ishtirok etgan bo‘lib, 7113 nafari ta'lim olishning an'anaviy shaklini tanlashgan. Ovoz berish jarayonida ota-onalarning 37 foizi o‘qishni 7 sentyabrdan, 32 foizi 14 sentyabrdan va 7,7 foizi 2 oktyabrdan boshlash uchun ovoz berishgan.

Epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan, aholi uchun umumta'lim maktabining joylashgan yeri qulay ekanligini hisobga olib, 17-sonli umumta'lim maktabida o‘qishni 7 sentabr sanasidan boshlanishi rejalashtirildi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2019 yilda 4 ta, 2020 yilda 5 ta umumta'lim maktablari qayta ta'mirdan chiqarildi.
Sessiya kun tartibida o‘rganilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sh.Yunusov, Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022