Jahon | 08:12 / 30.08.2020
8870
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada koronavirusga chalingan og‘ir bemorlar soni oshmoqda

Turkiyada koronavirusga chalingan og‘ir bemorlar soni oshmoqda. Mamlakatda koronavirus tarqalishi jadalligi 14 kundan beri salbiy ko‘rinish olgan. Oxirgi kunlarda koronavirusga chalinganlarning kunlik ko‘payish darajasi 1500 nafardan oshib ketgan.  

Foto: REUTERS/Murad Sezer

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, oxirgi sutkada kasallanganlar soni 1549 nafarni tashkil qilgan, infeksiyadan 39 kishi vafot etgan.

Mamlakatda pandemiya boshidan beri umumiy hisobda kasallanganlar soni 267 mingdan oshib ketgan, 6,2 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan. Shu bilan birga 242 mingdan ko‘proq odam infeksiyadan sog‘ayib ketgan.

Bunday salbiy ko‘rsatkichlarga qaramay, Turkiya hukumati sayyohlik mavsumini ochish uchun barcha ishni qilmoqda. 2020 yilda mamlakat koronavirus tarqalishi ortida kiritilgan cheklovlar sababli yillik sayyohlar oqimining yarmini yo‘qotgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda Turkiyaga 39,5 mln sayyoh tashrif buyurgan. Agar mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bermasa va yangi cheklovlar kiritilmasa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 15 mln kishidan oshishi kutilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid