Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 1 sentabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
14:15 / 22.05.2026
Hafta oxirida ham yomg‘irli ob-havo davom etishi kutilmoqda
10:25 / 20.05.2026
Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta’sir ko‘rsatildi
23:10 / 15.05.2026