AQŞ konstitutsiyasiga şu vaqtgaça qanday özgartirişlar kiritilgan?
|20:23 / 01.09.202023 94813 min
Bugun dunyoning qariyb barça davlatlarida konstitutsiya asosiy qonun hisoblanadi va boşqa har qanday çiqariladigan qonun, qaror hamda farmonlar unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Şu tufayli konstitutsiya «Boş qomus», «Asosiy qonun» deb ham ataladi.
Konstitutsiya sözi lotinça constitutio - «qurmoq», «taşkil etmoq» sözlaridan olingan. Konstitutsiyaning tarixi qadimgi grek davlatlari va Rim imperiyasiga borib taqaladi.
Örta asrlarda qabul qilingan konstitutsiyalar orasida 1529 yilda qabul qilingan Litva knyazligi konstitutsiyasi eng qadimiysi hisoblanadi.
Bugungi kundayam amalda bölgan qadimiy konstitutsiyalar orasida AQŞ konstitutsiyasi ham bor. U 1787 yil 17 sentyabrda Filadelfiyada qabul qilingan. AQŞ konstitutsiyasini dastlab bu davlatni tuzgan 13ta ştat ratifikatsiya qilgan va u kuçga kirgan. AQŞ konstitutsiyasi dunyodagi eng qat'iy amal qilinadigan konstitutsiyalar sirasiga kiradi.
Turli davlatlarning konstitutsiyalariga davrlar ötişi bilan qandaydir özgartirişlarga ehtiyoj tuğiladi. Şu jumladan, AQŞ konstitutsiyasiga ham jami 27 marta özgartiriş kiritilgan.
Xabaringiz bor, joriy yil 1 iyulda Rossiyada konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş haqida referendum bölib ötdi. Unda ovoz berganlarning qariyb 80 foizi mamlakat konstitutsiyasini özgartiriş uçun «ha» deb javob bergan. Qiziği şundaki, Rossiya konstitutsiyasi bir şaxs, amaldagi prezident yanada uzoqroq vaqt boşqaruvda qolişi uçun imkoniyat beradigan qilib özgartirildi. AQŞ konstitutsiyasida esa 27 marta qilingan özgartirişlarning aksariyatida omma manfatlari nazarda tutib amalga oşirilgan.
Şuningdek, AQŞ konstitutsiyasiga kiritiladigan özgartirişlar uçun referendum ötkazilmaydi. Ular kuçga kirişi uçun uni barça ştatlar ratifikatsiya qilişi yetarli böladi.
AQŞ konstitutsiyaga dastlabki önta özgartiriş 1789 yil 25 sentyabrda amalga oşirilgan va ular 1791 yil 15 dekabrda kuçga kirgan. Quyida AQŞ konstitutsiyasidagi özgartirişlar tarixiga nazar taşlaymiz.
1. Söz erkinligi, e'tiqod erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, turli yiğinlar va namoyişlar ötkaziş erkinligi, petitsiya yiğiş huquqi.
2. Qurol saqlaş va yonda olib yuriş huquqi.
3. Hukumatga tegişli harbiylarni şaxsiy uylarga ularning egasi roziligisiz joylaştirişni taqiqlaş.
Mavzuga oid
4. Özboşimçalik bilan qidiruv, ta'qib etiş va hibsga olişlarni taqiqlaş.
5. Tegişli sud jarayoni kafolatlari, bir xil mazmundagi huquqbuzarlik uçun takroran taqib etişni taqiqlaş, öziga qarşi guvohlik bermaslik huquqi, rekvizitsiya uçun kafolatlar beriş.
6. Ayblanuvçilarning huquqlari, şu jumladan hakamlar hay'atining sud işlarini körib çiqiş huquqlari.
7. Fuqarolik işlari böyiça sud işlarini körib çiqiş huquqlari.
8. Haddan taşqari katta miqdordagi garov va jarimalarni, şafqatsiz hamda ğayrioddiy jazolarni taqiqlaş.
9. Konstitutsiyaviy huquqlarning sanab ötilişi boşqa huquqlarning çeklanişi sifatida talqin etilmasligi lozim.
10. AQŞ konstitutsiyasida belgilanmagan masalalar haqida qaror çiqariş ştatlar ixtiyorida qoldiriladi.
11. Ştatlar sudi daxlsizligi: Har qanday da'vo arizalari federal sudlarda emas, avval öşa ştatning sudida körib çiqiladi.
AQŞ konstitutsiyasidagi yuqoridagi özgartiriş 1794 yil 4 martda amalga oşirilgan va 1795 yil 7 fevraldan kuçga kirgan.
12. Prezident saylovlarida ovoz beriş tartibini özgartiriş.
Qöşma ştatlar konstitutsiyasiga navbatdagi özgartiriş 1803 yilda amalga oşirilgan va u 1804 yil 15 iyundan kuçga kirgan.
Şu özgartirişgaça AQŞda prezident va vitse-prezident saylovlarida ştatlar aholisi ma'lum sondagi vakillar uçun ovoz bergan. Vakillar esa özi yaşaydigan ştatdan körsatilgan nomzodlar uçun ovoz bera olişmagan. Turli ştatlarda aholi soni turliça bölgan va aholisi köp ştatlar vakillari saylovda yutib ketmasligi uçun şu qoida joriy qilingan. Konstitutsiya özgartirilgandan söng saylov tartibi ança özgargan va hozirgi körinişga kelgan.
13. Qullik va quldorlikning bekor qilinişi
AQŞ konstitutsiyasiga navbatdagi 13-özgartiriş 1865 yilga kelib amalga oşiriladi va aynan ana şu özgartiriş ma'lum ma'noda nafaqat AQŞdagi, balki dunyoning katta qismidagi hayot tarzini özgartirib yuboradi. 13-özgartirişga köra, AQŞda quldorlik taqiqlanadi va qonunlarda qullarning ozod qilinişi belgilab qöyiladi. Uşbu qonun ortidan AQŞdagi millionlab qullar ozod qilinadi. Mamlakatga qullar olib kelib sotilişiga barham beriladi. Şundan söng Markaziy va Janubiy Amerikada köplab davlatlar qulçilik va quldorlikni bekor qila boşlaydi. Şu tariqa Afrikadan odamlarni qul qilib olib keliş barham topadi.
Uşbu özgartiriş mualliflaridan biri 1861-1964 yillarda AQŞga prezidentlik qilgan Avraam Linkoln bölgan. Özgartiriş 1865 yil 31 yanvarda qabul qilingan, öşa yil 6 dekabrdan kuçga kirgan. AQŞda qullik va quldorlik bekor qilinişi jarayoni oson keçmagan. Öşa paytda köplab qullarga ega bölgan janublik mulkdorlarning aksariyati quldorlik tugatilişiga qarşi çiqadi. Ular orasida ştat gubernatorlari, ştatlardagi vakillik palatasi a'zolari va boşqa yuqori martabali mansabdorlar ham bölgan. Şu tariqa agar quldorlik bekor qilinadigan bölsa janubiy ştatlar Qöşma Ştatlar tarkibidan çiqib öz Konfederatsiyasini tuzişni ma'lum qiladi va örtada uruş boşlanadi. Beş yilga yaqin vaqt davom etgan uruşda quldorlikka qarşi bölgan Şimolning qöli baland keladi va AQŞda quldorlik barham topadi.
14. AQŞ fuqarolarining tengligi kafolatlanadi va har qanday ştatga bu tenglikka xavf soluvçi qonun qabul qilinişi taqiqlanadi. Mabodo qandaydir ştatda ma'lum bir toifa fuqarolarning huquqlari çeklansa öşa ştatning Vakillar palatasidagi örni qisqartiriladi. AQŞga qarşi qözğolonlarda qatnaşgan insonlar ştatlar ma'muriyatida işlaşi taqiqlanadi. Fuqarolarga AQŞga duşmanlik kayfiyatida bölgani yoki qullarini ozod qilgani bilan boğliq yöqotişlarni qoplab beriş taqiqlanadi.
Uşbu özgartiriş 1866 yil 13 iyunda amalga oşirilgan va u 1868 yil 9 iyulda kuçga kirgan.
15. Qora tanli sobiq qullar va qizil tanlilarga faol saylaş huquqi taqdim etiladi.
Konstitutsiyadagi navbatdagi özgartirişlar ham AQŞ hayotida muhim bölgan işni öz içiga oladi. Bu özgartiriş kuçga kirgunça AQŞda qora tanli sobiq qullar va qizil tanlilarda saylaş huquqi bölmagan. U kuçga kirgandan söng ular saylaş huquqini olgan.
Bu özgartiriş 1869 yil 26 fevralda amalga oşirilgan va 1870 yil 3 fevraldan kuçga kirgan.
16. Mamlakatning barça hududida töğridan töğri federal budjetga borib tuşadigan daromad soliği joriy etiladi.
AQŞ konstitutsiyasiga navbatdagi özgartiriş 1909 yil 12 iyulda amalga oşirilgan va u 1913 yil 3 fevraldan kuçga kirgan. Uşbu özgartiriş qabul qilingunça AQŞdagi turli ştatlar yiğilgan barça soliqlarni özida qoldirgan va federal budjetga soliq topşirmagan. Mazkur özgartirişdan söng ular federal budjetga soliq topşira boşlagan.
17. Senat a'zolarini töğridan töğri saylaşni joriy qiliş.
1912 yil 13 mayda amalga oşirilgan, 1913 yil 8 apreldan kuçga kirgan.
Uşbu özgartiriş kuçga kirgunça senatorlarni aholi emas, balki ştatlarning qonun çiqaruvçi organi saylagan. Özgartirişdan söng Senat a'zolarini aholi saylay boşladi.
18. «Quruq qonun» haqidagi qonun qabul qilingan.
Qöşma Ştatlar konstutsiyasiga navbatdagi özgartiriş 1917 yil 18 dekabrda amalga oşirilgan va u 1920 yil 17 yanvardan kuçga kirgan.
«Quruq qonun» deb spirtli içimliklarni işlab çiqariş, taşiş va sotişni taqiqlaş haqidagi qonunlarga nisbatan aytiladi. Öşa paytda AQŞda turli siyosiy partiyalar, diniy taşkilotlar talabi bilan mamlakatda spirtli içimliklar işlab çiqariş, taşiş va sotiş taqiqlanadi. Bu qonun keyinçalik bekor qilingan.
19. Ayollarga faol saylaş huquqi beriş joriy qilinadi.
AQŞ konstitutsiyasidagi bu özgartiriş ham ança ahamiyatli böladi. Demokratik tamoyillarga asoslangan AQŞda bu özgartiriş amalga oşirilgunga qadar ayollarga saylaş huquqi berilmagandi. Uşbu özgartiriş 1919 yil 4 iyunda amalga oşirilgan va 1920 yil 17 yanvardan kuçga kirgan.
20. Prezident va Kongressning faoliyat olib boriş muddatlari belgilanadi.
AQŞ konstitutsiyasidagi uşbu özgarişga qadar bu mamlakat prezidentlari sönggi muddat sifatida yilning 4 mart sanasigaça prezident sifatida faoliyat olib borgan va Oq uyda yaşagan. Şuningdek, yangi saylangan prezident ham şu sanada qasamyod qilgan. 1932 yil 2 martda amalga oşirilgan va 1933 yil 23 yanvardan kuçga kirgan bu özgartiriş bilan ana şu muddat 4 martdan 20 yanvarga köçiriladi. Öşandan buyon muddati tugayotgan prezident 20 yanvar sanasida Oq uyni böşatadi. Eng qiziği, konstitutsiyada uning Oq uydan çiqib ketadigan eng sönggi muddati sifatida aniq vaqt sifatida soat 14:00 ham körsatilgan.
Şuningdek, uşbu özgartirişga köra yangi saylangan prezident qasamyod qilgunça öz faoliyatini davom ettira olmasligi ma'lum bölganda yangi saylangan vitse-prezident uning örnini saylovlarsiz töğridan töğri egallaşi belgilab qöyildi.
21. «Quruq qonun» haqidagi 18-özgartiriş bekor qilinadi va spirtli içimliklarni tayyorlaş, taşiş va sotişga qayta ruxsat beriladi.
Bu özgartiriş 1933 yil 20 fevralda amalga oşirilgan va u 1933 yil 5 dekabrdan kuçga kirgan.
22. Bir şaxsning ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilişi taqiqlanadi.
Uşbu özgartiriş 1947 yil 24 mart kuni amalga oşirilgan va u 1951 yil 27 fevralda kuçga kirgan.
AQŞ tarixiga nazar taşlansa bir şaxsning faqat ikki muddat prezidentlik qilişi haqida norasmiy qoida bu özgartirişdan avval ham amalda bölgan. 1-prezident Jorj Vaşingtonga, u ikki muddat prezidentlik qilganidan söng uçinçi muddatga ham öz nomzodini qöyişni taklif qilişadi. Ammo u rad etadi va özidan keyingi prezidentlarga ham ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilmaslikni tavsiya qiladi. U bir kişi mamlakatni uzoq vaqt boşqarişi yaxşi oqibatlarga olib kelmasligini aytgan.
Şu tariqa, Vaşingtonning tavsiyasi yozilmagan qoidaga aylanadi va AQŞ prezidenti bölgan şaxslar unga oğişmay amal qilib kelişadi. Faqat bir nafar prezident, 1933-1945 yillarda AQŞni boşqargan Franklin Ruzvelt mamlakatni ikki muddatdan ortiq boşqargan. Mamlakatni 1929-1932 yillarda yuz bergan iqtisodiy va moliyaviy inqirozdan mamlakatni muvaffaqiyatli olib çiqqani uçun Franklin Ruzveltga öz nomzodini ikki muddatdan ortiq prezidentlikka qöyişga ruxsat beriladi. Şu tariqa Ruzvelt jami tört marta AQŞ prezidenti etib saylanadi va törtinçi marta saylanganidan biroz ötib vafot etadi.
Unga vitse-prezident bölgan Harri Trumen Ruzvelt örniga prezident böladi va 1947 yilda bir şaxsning mamlakatni uzoq boşqarişi demokratiyaga zidligini aytib, «ikki muddat» qoidasini qonun bilan mustahkamlab qöyişni taklif qiladi. Şundan söng, AQŞ konstitutsiyaga özgartiriş kiritilib «ikki muddat» qoidasi qonunan joriy qilinadi.
Qiziği şundaki, XVIII oxiridan boşlab Franklin Ruzveltgaça AQŞda 30 nafar prezident rahbarlik qilgan. Ammo ularning birortasi mamlakatni uzoqroq boşqariş uçun Jorj Vaşingtondan qolgan norasmiy qoidani buzmagan yoki prezidentlik muddatini uzaytirişga urinmagan va ikki muddat prezidentlik qilib, öz örnini navbatdagi prezidentga böşatib beravergan. AQŞ prezidentlarining uşbu ibratli işi keyinçalik dunyo böylab davlat boşqaruvida etalon sifatida tan olingan.
23. Prezidentlik saylovlarida Vaşington şahri Kolumbiya okrugidan alohida qilinib, boşqa ştatlarda bölgandek miqdorda vakillar bölişi va ularning soni aholisi eng kam ştatdagidan kam bölmasligi belgilanadi.
Uşbu özgartiriş 1960 yil 16 iyunda amalga oşiriladi va u 1961 yil 29 martdan kuçga kiradi.
24. Soliq tölaşdan qoçuvçilarni saylaş huquqidan mahrum qiliş haqidagi qonun.
Uşbu özgartiriş 1962 yil 14 sentyabrda amalga oşiriladi va u 1964 yil 23 yanvardan kuçga kiradi.
25. Amaldagi prezidentning vakolatlari muddatidan oldin tugatilganda uning vakolatlarini vitse-prezidentga ötkaziş tartibi belgilanadi.
Uşbu özgartiriş 1965 yil 6 iyulda amalga oşirilgan va u 1967 yil 23 fevraldan kuçga kirgan. Bu tartib ham qonun bilan mustahkamlab qöyilgunça amalda edi. Masalan, 1945 yil 12 aprelda AQŞning 32-prezidenti Franklin Ruzvelt vafot etganda uning jamoasida vitse–prezident bölgan Harri Trumen AQŞ prezidentiga aylanadi. Bu masalada boşqa misollar ham yetarliça.
26. AQŞning barça hududida saylaş huquqiga ega böliş yoşi 18 yoş etib belgilanadi.
Uşbu özgartiriş 1971 yil 23 martda amalga oşiriladi va 1971 yil 1 iyuldan kuçga kiradi. Bungaça AQŞda saylaş huquqiga ega böliş yoşi 21 yoş bölgan.
27. Senatorlar va vakillarning iş haqlarini özgartiriş töğrisidagi qonun Vakillar palatasi qayta saylangandan söng kuçga kiradi.
Uşbu özgartiriş 1789 yil 25 sentyabrda amalga oşirilganiga qarmasdan, faqat 1992 yil 5 mayda kuçga kiradi.
AQŞ qonunlariga köra, mamlaat konstitutsiyasiga kiritilgan özgartirişlarni barça ştatlar ratifikatsiya qilganidan söng ular kuçga kiradi. Uşbu özgartirişni eng söngida Missuri va Alabama ştatlari 1992 yil 5 mayda ratifikatsiya qilgan va şu tariqa 1789 yilda amalga kiritilgan qonun 1992 yilga kelib kuçga kiradi.