“Okeanorti mamlakati”da prezidentlik saylovlariga qizğin tayyorgarlik körilmoqda. AQŞda prezident saylovi har 4 yilda - 4 ga qoldiqsiz bölinuvçi yillarning noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi birinçi seşanbasida ötkaziladi. Köpçilik, demak noyabrning birinçi seşanbasida ekan-da, deyişi mumkin. Ammo bunday emas. Maboda 1 noyabr seşanbaga töğri kelib qolsa, u holda saylovlar 8 noyabrda ötkaziladi.
AQŞ Konstitutsiyasiga köra, prezident kamida 35 yoşli Amerika fuqarosi bölişi lozim. Prezidentlikka nomzodlar har tört yilda bir maratoba ötkaziluvçi prezident saylovlaridan bir neça oy ilgari siyosiy partiyalar tomonidan tanlab olinadi. Buning uçun saylovda iştirok etuvçi partiyalar içida oraliq saylovlar, ya'ni praymeriz ötkaziladi. Ayni şu praymeriz yakunlariga köra partiyalarning yagona nomzodi aniqlanadi. Praymeriz inglizça söz bölib, “boşlanğiç, dastabki saylovlar” degan ma'noni anglatadi. Köpçilik “oraliq saylovlar” ham deb ataydi. Bu notöğri qilingan tarjimadir. AQŞda Oraliq saylovlar böşab qolgan örinlarni tölğaziş maqsadida faqat Kongressda ötkaziladi.

Praymeriz tadbiri jahonning bir qator mamlakatlarida ötkazilişiga qaramay, nima uçundir köproq AQŞga xos jarayon sifatida köriladi. Bu mamlakatda har tört yilda ötkaziladigan prezidentlik saylovlari ötadigan yilning yanvar-iyun oylarida partiyalar praymeriz ötkazadi. Unda siyosiy partiyalardan prezidentlikka yagona nomzod tanlab olinadi. Köp hollarda jaryonning örtalarida yagona nomzodning kim bölişi aniqlanadi. Mobodo şu davr içida yagona nomzod aniqlanmaydigan taqdirda, uni hal qilinişini partiya oliy anjumanigaça kutişga töğri keladi. Tahlilçilarning sözlariga qaraganda praymerizdan asosiy maqsad bir partiyadan körsatilgan nomzodlar ovozlarni bir-birlaridan tortib olmaslik uçun ştatlarda dastabki saylovlar ötkaziladi. Partiyalardan körsatiladigan nomzodlar praymeriz davomida 1144 delegatning qöllab-quvvatlaşiga ega bölişi lozim. Şuni ta'kidlaş kerak-ki, praymerizda mağlubiyatga uçragan nomzodlar köp hollarda mustaqil nomzod sifatida prezidentlik saylovlarida iştirok etişadi.
Eslatib ötiş kerak-ki, AQŞda bölib ötadigan prezidentlik saylovida faqat ikki nomzod - demokratik va respublikaçilardan vakillar qatnaşadi degan tassavvur mutlaqo notöğridir. Aslida prezidentlik saylovlariga rasman önlab nomzodlar qöyiladi. Biroq yozilmagan qoidalarga köra, nima uçundir 2 ta partiya vakillariga köproq e'tibor qaratiladi.
AQŞda ilk bor praymeriz 1842 yilda ötkazilgan. 1903 yilda esa ilk bor Viskonsin ştatida “Majburiy praymeriz ötkaziş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. 1927 yilga kelib esa, barça ştatlarda bu kabi qonunlar qabul qilinib, kuçga kirdi. Şu tariqa praymeriz partiyaviy nomzodlarni tanlab olişda asosiy jarayon sifatida tan olindi. Unga qadar nomzodlar partiya anjumanlarida, köp hollarda muzokaralar samarasi ölaroq tanlab olinardi. Keyinçalik “mahalliy partiya rahbarining ta'sirini susaytiriş maqsadida praymerizlar ötkazilişi kerak”, degan fikrga kelindi. Ayni damda AQŞning 11ta ştatida praymeriz emas, balki partiya konferensiyalari yoki partiyaviy referendumlar(kokuslar) ötkaziladi. Praymeriz töğridan töğri va yaşirin ovoz beriş asosida ötkaziladi. Yaşirin ovoz berişda partiyaning röyxatga olingan a'zolarigina qatnaşadi. Oçiq ovoz berişda esa partiyaviy qaraşidan qat'i nazar barça xohlovçilar iştirok etadi. Mabodo, bir partiyaning praymerizida boşqa partiya tarafdori iştirok etgudek bölsa, partiyaning umummilliy anjumani mazkur ştatdagi ovoz beriş natijalarini tan olmasligi mumkin. Ovoz beriş jarayonini har bir ştatning özi belgilaydi. 80-yillardan boşlab fevral oyining birinçi seşanbasida bir neçta ştatda ötkaziladigan “superseşanba” fenomeni yuzaga keldi.

















