Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning O‘zbekistonga texnik ko‘magi kengaytiriladi, qator sohalarga turk ekspertlari jalb qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 18.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 494-son qarori qabul qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tasdiqlangan shtat jadvali doirasida turk investorlari bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Loyiha ofisi tashkil etiladi.
Norma’ning yozishicha, jadal sanoatlashtirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro standartlarni joriy etish, maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida turk ekspertlarini jalb etish rejalashtirilmoqda.
Qarorga muvofiq Turkiya Hukumatining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha texnik ko‘magi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlarini jalb qilinadi:
- sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish;
- seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish;
- yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish;
- «elektron hukumat» sohasida Turkiya Respublikasining eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish.
Avvalroq, Turkiya O‘zbekistondagi oltin konlarini qazib olish loyihalarida ishtirok etishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026