Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda uchuvchilar 900 metrdan yuqoriroqda reaktiv moslamada uchayotgan odamga to‘qnash kelishdi
AQShning Los-Anjyeles shahrida ikki uchuvchi 900 metrdan yuqoriroq balandlikda orqaga ilib olinadigan reaktiv moslama - jyekpatda uchib yurgan erkakni ko‘rishgan. FQB ushbu holat bo‘yicha tergov boshlagan. Bu haqda Fox News 11 nashri xabar berdi.
Erkak haqida birinchi xabar dispetcherlarga American Airlines uchuvchisi tomonidan kelib tushgan. Uchuvchining ta'kidlashicha, reaktiv moslamadagi erkak samolyotdan 300 metr nariroqda uchib borgan.
Keyinroq shunday ma'lumotni SkyWest uchuvchisi ham bergan. Erkak xalqaro aeroport yaqinida bemalol uchib yurgan. Shu sababli dispetcherlar aeroportga yaqinlashayotgan samolyotlarni bundan ogohlantira boshlashgan.
“Tadqiqotlarga ko‘ra, reaktiv vositalar bunday baland ucha olishi mumkin, biroq bu haqiqatan ham mumkinmi?”, deb savol bilan yuzlangan nashr.
AQShning fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi ushbu hodisa bo‘yicha ish mahalliy politsiyaga tergov uchun berilganini ma'lum qilgan. Bu orada Martin Aircraft aviatsiya-kosmik kompaniyasida ta'kidlanishicha, jyetpaklar eng ko‘pi bilan 800 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Bundan tashqari, moslama bunday balandlikda uzoq qololmaydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda shveysariyalik uchuvchi Iv Rossi jyetpakda 1000 metrdan yuqoriroqda Airbus A380 samolyoti yonida uchib borgan. Biroq u bu tryukni bajarish uchun muayyan balandlikda samolyot yoki vertolyotdan sakraydi hamda uning barcha parvozlari oldindan kelishilgan bo‘ladi.
Fevralda Dubayda Vins Reffet ismli skaydayver reaktiv moslamada 1,8 km balandlikka ko‘tarilgan. Uning parvozi 3 daqiqa davom etgan. O‘shanda uchuvchining balandlikka ko‘tarilishi tezligi 240 km/soatni tashkil qilgan. Reffet bunday yuqori balandlikka erishgach, parashyutni ochib, u yordamida qo‘ngan.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50 / 08.06.2026