Avvalo, «sport» va «jismoniy tarbiya» tuşunçalarini ajratib oliş zarur. Olimpiya öyinlari rekordlari emas, balki aynan jismoniy faollik salomatlikka foydali ta'sir körsatadi. Ammo bunda ham çegarani biliş kerak.
1-ziddiyat. Jismoniy faollik – astmani davolovçi eng yaxşi dori
Jismoniy faollik muşak karkasini mustahkamlaydi va şu tufayli astma bilan oğrigan bemorning özini yaxşi his qilişiga turtki böladi – baquvvat muşaklarga ega astmatik yengilroq nafas oladi.
Agar bemor harakatlanib turmasa, davolanişda ösiş kuzatilmaydi.
Biroq jismoniy faollik astmadan davo sifatida qabul qilinmagan – u davolaş kursining bir qismi xolos, ammo muhim qismi. Astmatiklar harakatlanişi kerak, jismoniy yuklama soğlom odamlarniki kabi bölişi lozim. Toqqa çiqiş, suvga tuşiş, toğ çanğilarida uçiş mumkin va kerak.
Sovuqda muntazam maşğulotlar bemor holatini sezilarli darajada yaxşilaşiga ajoyib misol böla oladi. Figurali uçiş bilan şuğullanadigan bolalar muz ustida köp vaqt ötkazişadi va sovuqqa moslaşişadi. Ammo bu ham jismoniy maşqlar astmani davolaydi degani emas, ular faqat nafas olişdagi noqulaylikni yengişga va muşaklarni kuçaytirişga yordam beradi.
2-ziddiyat. Astmada jismoniy faollik mutlaqo taqiqlangan
Jismoniy faollik astma bilan oğrigan bemor uçun faqat bitta holatda - böğiliş xuruji paytida taqiqlangan. Xurujni jismoniy faollik bilan yengib ötişning iloji yöq. Tananing tobi qoçib turgan vaqtda inson özini nafas oliş va harakat qilişga majburlaşi mumkin emas. Bunday holatda jismoniy yuklama bemor özini yanada yomonroq his qilişiga sabab böladi.
Qolgan vaqtlarda jismoniy harakat foydali böladi. Jismoniy maşqlar hajmini ölçaş uçun an'anaviy birlik - qadamlar soni mavjud. Astmatiklar uçun ortib ketişi taqiqlangan ma'lum bir me'yor belgilanmagan, ammo quyi çegara mavjud: kuniga 7000 qadam - astma bilan kasallangan bemor bunga osonlikça toqat qilişi kerak. Uşbu faollik davolanişga yordam beradi.
Agar maşğulotlar paytidagi ehtiyotkorlik haqida gapiradigan bölsak, maxsus çoralar talab qilinmaydi. Jismoniy maşqlar paytida astmatiklar özlarini har qanday vaqtda bölgani kabi tutişlari kerak: böğiliş xurujini keltirib çiqaradigan omillardan saqlaning, xurujni töxtatadigan dorini özingiz bilan olib yuring va muntazam ravişda dori-darmonlarni qabul qiling. Astmani davolovçi dori-darmonlar nafas oliş yöllarida lokal tarzda harakat qiladi va jismoniy yuklamaga çidaş qobiliyatiga ta'sir qilmaydi - ular qon va içki organlarga kirmaydi, muşaklar va suyaklarga daxl qilmaydi.











